Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT Rossiya qo‘shinlari Ukraina atrofida qanday joylashgani aks etgan xaritani chop etdi
Qayd etilishicha, Rossiya 2022 yil boshidan buyon Lugansk va Donetsk atrofidagi rayonlarga yana beshta taktik batalon guruhini joylashtirgan.
Foto: TASS
Rossiya qo‘shinlari Ukrainani uch tarafdan qurshab oldi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi va tegishli xaritani chop etdi.
Qayd etilishicha, Rossiya 2022 yil boshidan buyon Lugansk va Donetsk atrofidagi rayonlarga yana beshta taktik batalon guruhini, jumladan, besh ming harbiy joylashtirgan.
Bundan tashqari, ko‘p sonli Rossiya qo‘shinlari Ukraina chegarasi yaqinidagi shimoliy rayonlarga, xususan, Ukraina, Belarus va Rossiya chegaralari kesishgan Klinsi rayoniga jo‘natilgan.
Yana uchta guruh Voronej yaqinida joylashgan. Bu qo‘shinlar harbiy operatsiya o‘tkazilgan taqdirda jiddiy xavf solishi mumkin, deb yozadi NYT. Bir guruh Volgograd va ikkita guruh Donbass chegarasida joylashtirilgan.
Krasnodar o‘lkasida artilleriya, yana bir qism Qrimda joylashgan.
Xarita Ukraina va g‘arb manbalari, mustaqil harbiy ekspertlar va sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan.
Mavzuga oid
16:55 / 23.01.2026
“Jangda o‘layotgan hamyurtlarimiz juda ko‘p” - Ukrainadagi urushdan qochishga muvaffaq bo‘lgan yigit hikoyasi
16:47 / 23.01.2026
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
14:08 / 23.01.2026
Germaniya josuslik ishi bo‘yicha Rossiya harbiy attashesi o‘rinbosarini chiqarib yubormoqda
13:28 / 23.01.2026