Sirli qöşaloq skelet

1993 yilning erta bahorida Tojikistonning Isfara şahridan taxminan 10 km masofada joylaşgan toğ bağridan çöponlar odam suyaklarini topib olişadi. Bu haqda darhol Isfara tuman içki işlar bölimiga xabar beriladi. Biroq suyaklar topilgan joyga yetib kelgan tojikistonlik tezkor xodimlar bu hudud qöşni Özbekiston Respublikasiga tegişli ekanini aniqlaydi. Şu tufayli, tartibga muvofiq Farğona viloyati Özbekiston tumani IIBga xabar beriladi.

Voqea joyiga viloyat prokurorining birinçi örinbosari, tuman prokurori, prokuror-kriminalist, prokuratura tergovçisi, sud-tibbiyot eksperti va IIB tezkor xodimlari zudlik bilan yetib boradi.

Tergov guruhi qiziq manzaraga duç keladi – Şörsuv aholi punktidan taxminan 14 km uzoqlikdagi toğ çöqqilari orasidagi qölbola qabr Tojikistonning Isfara tumani bilan çegara joyda qazilgan edi. Bu tergovni çalğitiş uçun qilinganmikan?

Yaqin orada aholi yaşaş punkti yöq bölib, Isfaraga qaraşli eng yaqin qişloq bu yerdan 7 km masofada joylaşgandi.

Qabr atrofidagi 10 kvadrat metr masofada odam qovurğalari soçilib yotar, qabrning özidan ham suyaklar çiqib turardi. Balki, yovvoyi hayvonlar hid olib, kömilgan joyni qazib taşlamaganida yopiqlik qozon yopiqligiça qolib ketarmidi...

Közdan keçiriş çoğida ikkita boş suyagi topildi.

Jasadlar çuqurlikka noodatiy usulda – xuddi öyin kartalaridagi figuralar kabi oyoqlari bir-birlariga uzatilgan holda kömilgandi.

Tabiiy ölimmi yoki qotillik?

Skeletlar ehtiyotkorlik bilan çuqurlikdan çiqarib olindi. Marhumlarning jinsini, yoşini, şaxsini, vafot etiş vaqti va sababi, dafn etiş vaqti kabilarga aniqlik kiritiş maqsadida ekspertiza tayinlandi.

Voqea joyini közdan keçiriş va keyingi tergov bosqiçlarida ham tezkor xodimlar tomonidan «Bu – tabiiy ölim va oddiy dafn qiliş» degan fikrlar bir neça bor yangraydi. Darhaqiqat, toğli joylarda daydilarni vafot etgan joyida dafn etiş holatlari bir neça bor kuzatilgandi. Lekin tergovçining içki işonçi bu jinoyat ekanini aytib turardi. Hali bir qarorga keliş uçun yetarli fursat bölsa-da, uşbu içki işonç şu kuniyoq Jinoyat kodeksining 80-moddasi (Kodeksning avvalgi tahririda qasddan odam öldiriş jinoyati 80-moddada nazarda tutilgan edi) bilan jinoyat işi qözğatişga turtki böldi.