O‘zbekiston | 16:04 / 10.01.2022
7841
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i markaziy devonga ishga o‘tdi

Foto: Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, markaziy devonda boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022 yil 8 yanvardagi 3-sonli buyrug‘i bilan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i L.Yaxshilikov o‘z lavozimidan ozod etilib, Milliy gvardiya markaziy devoni Jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish va Qo‘shinlar xizmati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan bugun, 10 yanvar kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida tantanali marosim tashkil etilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va viloyat hokimligi hamda huquq tartibot organlari xodimlari ishtirok etishgan.

Tadbirda so‘z olganlar polkovnik L.Yaxshilikovni muborakbod etib, keyingi xizmatlarida ham samarali faoliyat olib borishida katta ishonch bildirishgan.

Tadbir davomida 9 yanvar kuni Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan ochiq Xalqaro turnirda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kichik serjant M.Ubaydullayev, katta serjant E.Hasanov, oddiy askar D.Umarqulovga g‘oliblik kamarlari, diplom va esdalik sovg‘alari topshirilgan.

Mavzuga oid