O‘zbekiston | 08:59 / 10.01.2022
4048
4 daqiqa o‘qiladi

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi, Toshkent davlat Transport universiteti huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi Buxoro yo‘l xo‘jaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy tadqiqot ishlab chiqarish markazi va Namangan yo‘l xo‘jaligi xodimlari malakasini oshirish o‘quv markazi negizida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Belgilab qo‘yilishicha, institut:

  • avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi;
  • O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi, Toshkent davlat Transport universiteti huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi Buxoro yo‘l xo‘jaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy tadqiqot ishlab chiqarish markazi va Namangan yo‘l xo‘jaligi xodimlari malakasini oshirish o‘quv markazi, hamda Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutiga oid huquq va majburiyatlar bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.

Transport vazirligi institutning muassisi hisoblanadi. Institut Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 31 mavze, Diyorobod mahallasi manzili bo‘yicha beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Quyidagilar institutning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • avtomototransport vositalari haydovchilarini hamda ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • transport sohasi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish va amaliyotlarini tashkil qilish;
  • transport sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ommaviy kasblarga tayyorlash bo‘yicha an’anaviy, masofadan, kechki, eksternat va boshqa ta’lim olish shakllarini joriy qilish, shuningdek fan va ishlab chiqarish bilan uyg‘unligini ta’minlash;
  • transport sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirishda innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalarini keng joriy etish;
  • transport sohasida innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va uning natijalari amaliyotga joriy etilishini tashkil etish;
  • ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik faoliyat bilan shug‘ullanish;
  • Transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirish, shuningdek transport sohasida kelib chiqqan muammolar, kutilayotgan natijalar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar kiritish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid