Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Afg‘onistonga yordam berish uchun 4,4 mlrd dollar zarurligini ma’lum qildi
BMTning ogohlantirishicha, yil o‘rtalariga borib Afg‘oniston umumiy qashshoq mamlakatga aylanishi mumkin – aholining 97 foizi qashshoqlik girdobida qoladi.
Foto: Reuters
BMT va uning hamkorlari 28 mln nafar – Afg‘oniston hududidagi 22 mln va besh mamlakatdan panoh topgan yana 5,7 mln nafar afg‘onistonlikka yordam ko‘rsatish rejasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2022 yilda ushbu maqsad uchun 4,44 mlrd dollar talab qilinadi.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston iqtisodiyoti «erkin qulash holatida». Mamlakatda 23 mln nafar inson ocharchilik yoqasida, shifoxonalar ozib ketgan bolalar bilan to‘lib-toshgan, o‘qituvchilar maosh olmayapti, millionlab bolalar o‘qish imkoniyatidan mahrum.
Bug‘doy va yonilg‘i narxi 40 foizga oshgan. Xalqaro yordam muzlatilgani sababli ijtimoiy xizmatlar tizimi inqirozga uchramoqda.
BMTning ogohlantirishicha, yil o‘rtalariga borib Afg‘oniston umumiy qashshoq mamlakatga aylanishi mumkin – aholining 97 foizi qashshoqlik girdobida qoladi. Afg‘oniston yil davomida YaIMning 30 foizini yo‘qotishi mumkin, erkaklar orasidagi ishsizlik ikki baravarga oshadi va 29 foizga yetadi.
«Men o‘tinib so‘rayman: Afg‘oniston xalqi oldida eshiklarni yopmang. Gumanitar hamkorlar barcha qiyinchiliklarga qaramasdan yordamni yetkazib bermoqda. Bizni qo‘llab-quvvatlang, ko‘mak hajmini ko‘paytirishga va keng miqyosdagi ocharchilik, kasalliklar tarqalishi va o‘limlarning oldini olishga yordam bering», dedi BMTning favqulodda yordam bo‘yicha koordinatori Martin Griffits.
So‘ralgan mablag‘lar oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’limni qo‘llab-quvvatlash, uysiz qolganlar uchun boshpanalar qurish, suv va sanitariya vositalari bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
15:58 / 11.02.2026
BMT Bosh assambleyasi rahbari Berbok BMT nizomiga amal qilishga chaqirdi
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
13:52 / 26.01.2026