Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini asosan Rossiyaga yetkazib bermoqda
O‘zbekiston qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari eksportidan qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Foto: Depositphotos
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 33 ta xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.
O‘zbekiston 2021 yilning 11 oyida eng ko‘p qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 16,4 ming tonna.
Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston (4,7 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari) va Afg‘oniston joy olgan (1,8 ming tonna).
Shuningdek, O‘zbekiston eng ko‘p qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan boshqa davlatlar orasida quyidagilar bor:
- Qirg‘iziston – 1,3 ming tonna;
- Belarus – 974 tonna;
- Tojikiston – 908 tonna;
- Ukraina – 549 tonna;
- Koreya – 485 tonna;
- Ozarboyjon – 157 tonna;
- Turkmaniston – 86 tonna;
- AQSh – 44 tonna;
- Germaniya – 29,5 tonna;
- Shvetsiya – 18,3 tonna.
Mavzuga oid
19:12 / 17.03.2026
Shoygu Ukrainaning havo hujumlari tobora uzoqqa borayotganidan shikoyat qildi
14:46 / 17.03.2026
Rossiyada qo‘lga olingan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
14:18 / 17.03.2026
Polsha yana bir Rossiya razvedka samolyotini to‘xtatib qoldi
11:20 / 17.03.2026