Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda harakatdagi Nexia yonib ketdi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida harakatlanib ketayotgan “Nexia” yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun 2022 yil 11 yanvar kuni soat 14:50 larda "Yettitom-G‘uzor" avtomobil yo‘lining Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan 10-kilometrida, haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan A.X. “Nexia” mashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi avtomobilni zudlik bilan to‘xtatgan
Chiroqchi tuman FVBga soat 14:50 da yong‘in haqida xabar tushgan. Shundan so‘ng soat 15:03 da voqea joyiga bitta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borib, soat 15:20 da yong‘inni o‘chirgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat mashina yaroqsiz holga kelgan.
Dastlabki surishtiruvda yonib ketgan mashina Chiroqchi tumani Annaro‘z qishlog‘ida yashovchi F.H.ga tegishli ekani va yong‘inga mashinadagi elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:25
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026