Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tadbirkorning 1 000 dollar pulini o‘zlashtirgan AJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tadbirkorning 1 000 dollar pulini o‘zlashtirgan korxona rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, “Q.T.” AJ rahbari U.D. tadbirkor Sh.ning ishonchiga kirib, korxonaning 1,2 milliard so‘mga baholanib, auksion orqali sotuvga qo‘yilgan ishlab chiqarish binosini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali arzon narxda olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Shuningdek, tekshiruv davomida U.D. tomonidan 1 000 AQSh dollarini ixtiyoriy qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
16:35 / 23.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun “chiqish eshiklari” toraydi
18:38 / 19.06.2026