O‘zbekiston | 12:26 / 11.01.2022
5217
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda hokim yordamchilari lavozimga tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining farmoyishi bilan 526 ta mahallada faoliyat olib boradigan hokim yordamchilari lavozimga tayinlandi. 

Jumladan, Urganch shahrida 38, Bog‘ot tumanida 43, Gurlan tumanida 50, Qo‘shko‘pir tumanida 50, Urganch tumanida 58, Hazorasp tumanida 44, Xonqa tumanida 44, Xiva tumanida 34, Shovot tumanida 55, Yangiariq tumanida 39, Yangibozor tumanida 30, Tuproqqal’a tumanida 18 va Xiva shahrida 21 nafar hokim yordamchisi ish boshlaydigan bo‘ldi. 

Hokim yordamchilarining 18 nafari ayollardir.

Hokim yordamchilari quyidagi vazifalarni bajaradi:

- mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy
daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda
mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan
hamkorlikda faoliyatini olib boradi;

- respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan
mahallani rivojlantirish bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi, ijrosini ta’minlaydi;

- ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy
monitoringni amalga oshiradi;

- amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar)
hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga
hisobot beradi.

Hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etiladi va  yuqori natijalarga erishgan hokim yordamchilari Milliy kadrlar zahirasiga kiritiladi.

Mavzuga oid