Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga shakar asosan Rossiya va Ozarboyjondan olib kelinmoqda
11 oyda 23,2 ming tonna shakar import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatlardan qiymati 13 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 23,2 ming tonna shakar import qilgan.
Qayd etilishicha, shakar importi 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 ming tonnaga kamaygan.
2021 yilning o‘tgan 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p shakar import qilgan davlatlar orasida Rossiya (5,3 ming tonna) va Ozarboyjon (4,6 ming tonna) yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, shakar import qilingan qolgan davlatlar quyidagicha:
- Polsha – 3,7 ming tonna;
- Ukraina – 3,4 ming tonna;
- Qozog‘iston – 1,5 ming tonna.
Mavzuga oid
21:44 / 05.06.2026
May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
09:49 / 26.05.2026
O‘zbekistonda 70 yoshdan oshganlar orasida ham ota bo‘lganlar bor
08:22 / 26.05.2026