Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«2030 yilga nigoh» strategiyasida sport sohasiga katta etibor beriladi – Saudiya elchixonasi
Saudiya Arabistoni podshohligining «2030 yilga nigoh» strategiyasida sport sohasiga katta etibor beriladi. Saudiya Arabistonining Toshkentdagi elchixonasi podshohlikda sport sohasi har tomonlama rivojlanib, Saudiya sporti o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarilayotgani, tadbirlar soni ortayotgani va tashabbuslar ilgari surilayotganini ma’lum qildi.
«Shu doirada xalqaro sport musobaqalari o‘tkazilmoqda va tashkil etilmoqda. Ularning orasida shaxmat bo‘yicha Podshoh Salmon nomidagi xalqaro birinchilik va Riyoz xalqaro marofonidan boshlab, erkin kurash bo‘yicha WWE musobaqasi va 2021 yilning dekabrida o‘tkazilgan «Formula - 1» poygasini ko‘rsatib o‘tish mumkin bo‘lardi.
Ayni vaqtda esa Podshohlik ketma-ket uchinchi marta «Dakar-2022» rallisi hamda «Barselona», «Real», «Atletiko» va «Atletik» Bilbao klublari ishtirokida Ispaniya Superkubogi musobaqalariga mezbonlik qilmoqda.
Ispaniya Superkubogi doirasidagi birinchi uchrashuv – yarim finalning ilk bahsi 2022 yilning 12 yanvarida «Real» va «Barselona» o‘rtasida o‘tkazilib, 3:2 hisobida «Real» g‘alabasi bilan tugadi va birinchi finalchi aniqlandi. 14 yanvarda «Atletiko» va «Atletik» Bilbao o‘rtasidagi o‘yin ikkinchi finalchini aniqlab beradi. Yakshanba kuni 2022 yilning 16 yanvarida final o‘yini bo‘lib o‘tadi», deyiladi elchixona xabarida.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026