Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQShning «qo‘shinlarni kazarmalarga qaytarish» haqidagi talabini rad etdi
Kremlning bildirishicha, NATO harbiy qismlarni qayerga joylashtirish borasida Rossiyaga buyruq bera olmaydi.
Rossiya AQShning «qo‘shinlarni kazarmalarga qaytarish» talabini muhokama ham qilmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning bu talabi nomaqbul.
«Endi harbiy qismlarni Ukraina chegarasidan olib ketish emas, qo‘shinlarni kazarmalarga qaytarish aytilmoqda, Sherman aynan shunday dedi. Bunday talablar mutlaqo qabul qilinmasligini tushuntirishga zarurat yo‘q deb o‘ylayman va albatta buni, hattoki muhokama ham qilmaymiz», — dedi Lavrov.
Kremlning bildirishicha esa, NATO harbiy qismlarni qayerga joylashtirish borasida Rossiyaga buyruq bera olmaydi.
«Agar NATO Rossiya hududidagi qurolli kuchlarimizni qayerga va qanday joylashtirish bo‘yicha buyruq berishni xohlayotgan bo‘lsa, buning iloji yo‘q, biz Rossiya hududi haqida gapiryapmiz. Rossiya o‘z qurolli kuchlarini boshqa davlatlar hududi bo‘ylab ko‘chirib yurgani yo‘q», — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya Ukrainaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qila olmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026