Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli shamol Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyning tomini uchirib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli shamol Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyning tomini uchirib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Viloyat IIB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 2022 yil 16 yanvar kuni soat 03:22 larda sodir bo‘lgan. Kuchli esgan shamol Samarqand shahar Gagarin ko‘chasida joylashgan 36-uy tomining bir qismini uchirib ketgan. Tomning tunuka, yog‘och bo‘laklari ko‘chaga tushgan.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Ma’lumot uchun, viloyat Gidrometeorologiya xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 16 yanvar kuni soat 03:17 larda Samarqand shahrida sekundiga 15 metr tezlikda shamol esgan.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026