Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 8 marta turli jinoyatlar bilan sudlangan shaxs yana o‘g‘rilik qildi
Samarqand tumanida 8 marta turli jinoyatlar bilan sudlangan shaxs yana o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 11 yanvar kuni Samarqand tumanida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 11 yanvar kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan mashina yuvish shoxobchasidan turli anjom va uskunalar noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganini bildirgan.
IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur o‘g‘rilikni Samarqand shahrida yashovchi X. sodir etgani aniqlangan va u qo‘lga olingan. Jabrlanuvchiga o‘g‘irlangan uskunalar qaytarib olib berilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026