«Tadbirkor ruchka sotib olib, suv sotmasligi uchun ham E-aktiv joriy qilindi» - Sherzod Qudbiyev
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyevga ko‘ra, korxonalardagi mavjud mahsulotlar harakatini kuzatib borish va qora sxemalarga qarshi kurashish uchun E-aktiv platformasi joriy qilingan.

Foto: Kun.uz
Soliq ma’muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qo‘mita raisi Sherzod Qudbiyev e’tirozlarga sabab bo‘layotgan E-aktiv platformasi nega joriy qilinayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
«E-aktiv platformasi joriy qilinishidan asosiy maqsad mavjud mahsulotlar harakatini kuzatib borish. Masalan, ruchka sotib olib, suv sotish mumkin emas-ku. Mana shu holatlarning oldini olish uchun ham E-aktiv qilinyapti. Agar siz pechene ishlab chiqarsangiz va un sotib olsangiz, biz bunga aralashayotganimiz yo‘q. Birorta tadbirkorlar sub’yekti ayta olmaydi-ku, shu platforma sabab ishlab chiqarish to‘xtab qoldi deb. 24ta eng yirik soliq to‘lovchilari to‘liq E-aktiv’ni integratsiya qilib bo‘ldi. Aynan mana shu tizimlar orqali qora sxemalarga qarshi kurashyapmiz», dedi Qudbiyev.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy resurslarini hisobga olish, o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni DSQning E-aktiv avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishi majburiy qilingan.
Tadbirkorlar esa ushbu platformaga jiddiy e’tirozlar bildirishmoqda:
«Dastur juda primitiv, foydalanishga noqulay. Faqat 1S yoki 1UZ dasturi foydalanuvchilari integratsiya orqali yengilroq foydalanishlari mumkin. Saytga korrektirovka kiritish funksiyasi yo‘q. Onlayn fakturalarga yaxshi bog‘lanmagan. Xullas, kamchiliklari ko‘p bo‘lgan saytda ishlashni majburiy qilish – buxgalterlarni sarson qilishdan boshqa narsa emas. Bu texnik nosoz avtomobilni ko‘chaga haydashga majburlab chiqarishdek gap. Avariyaga uchrash yoki jarimaga tushish muqarrar!» deya ta’kidlagan Kun.uz’ga murojaat qilgan tadbirkorlardan biri.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiyada aviadispetcherlar ish tashlash e’lon qildi. Bu Yevropada 1,5 mingta reysning bekor qilinishiga olib keladi
Jahon | 22:35
-
Toshkentdan Baliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yildi
Jamiyat | 22:05
-
«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?
Jahon | 22:00
-
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi
Jahon | 21:31
Mavzuga oid

16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi

12:52 / 19.06.2023
Tadbirkorlarni E-aktiv'ga majburan jalb qilish yana kechiktirildi

17:22 / 13.03.2023
Tadbirkorlarni E-aktiv'ga majburan jalb qilish yana kechiktirildi

10:10 / 12.03.2023