Mol-mulk soliği bilan boğliq muammo

Prezident farmoniga muvofiq, Özbekistonda köçmas mulk obektlarini yuridik va jismoniy şaxs egaligidan qat’i nazar bozor qiymati asosida soliqqa tortiş tizimi joriy qilindi.

Mulk soliği böyiça 1 kvadrat metr uçun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymat kiritildi, bu Toşkent şahrida – 2 500 000 söm, viloyatlarda 1 500 000 söm, tuman va şahar markazlarida 1 million söm etib belgilandi.

Tadbirkorlarning e’tirozlariga köra, buning natijasida soliq tölovlari 2-3 barobarga oşib ketgan.

DSQ ma’lumotlariga köra, Özbekistonda 69 mingdan ortiq mol-mulk soliği tölovçisi bölib, uşbu özgariş natijasida mulk qiymati (bozor qiymatidan) past körsatilgan 41 ming yuridik şaxsda soliq majburiyatlari oşadi. Biroq belgilangan tartibda köçmas mulkini qayta baholab borgan 21 mingdan ortiq soliq tölovçida mol-mulk soliği ötgan yilga nisbatan kamayadi.

Şuningdek, 7 mingga yaqin tölovçida soliq summasi özgarişsiz qolsa, mulk qiymatini «nol» körsatib, belgilangan tartibda qayta baholaş ötkazmagan va mol-mulk soliği tölamagan 5 mingga yaqin korxona baholaş natijasiga köra mol-mulk soliğini qayta hisob-kitob qiladi.

Bundan körinib turibdiki, qariyb 60 foiz mol-mulk soliği tölovçisida soliq yuki oşadi.

«Pasaytirilgan soliq stavkasi biznesga yordam emas, tuzoq»

Iqtisodçi Otabek Bakirov 2022 yildan yuridik şaxslarga mol-mulk soliği pasaytirilişiga qaramay, aslida soliq yuki oşişiga e’tibor qaratdi.

«2022 yildan boşlab yuridik şaxslar mol-mulki soliq stavkasi 2 foizdan 1,5 foizgaça pasaytirildi. Bu özgarişlar göyoki biznes manfaati uçun qilingani haqida köp balandparvoz gaplar aytildi.

Afsuski, stavka pasaytirilişi biznesga yordam emas, tuzoq ekanini köpçilik parlamentdagi budjet muhokamalari vaqtida payqamadi ham.

Xalq saylagan deputat Ğaniyev bu borada savol qöygan vaqtda, parlament majlisi muhokamalar joyi emasligi butun boşli partiya rahbari (Milliy tiklaniş partiyasi rahbari Alişer Qodirov haqida gap ketmoqda) tomonidan ta’kidlangani esingizdadir.