Andijon viloyati hokimligi viloyat perinatal markazi hovlisida öndan ortiq daraxt kesib taşlanganiga munosabat bildirdi.
Hokimlik şifoxona hududida “keng kölamli quriliş-ta’mirlaş işlari” ketayotgani, hududga 180 dan ortiq manzarali daraxt va köçatlar ekilayotganini qayd etgan.
“Hududdagi daraxtlar öz joyida turganligi hamda heç kim uni kesib taşlaş töğrisidagi buyruğini bermaganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi rasmiy izohda. Ayni paytda bu abzatsdan daraxtlar göyoki öz joyida turgani haqidagi qismi öçirilgan.
Hokimlik holat alohida nazoratga olingani, “qonun buziliş holatlari aniqlangan taqdirda aybdorlarga qonuniy jazo çoralari körilişi”ni qöşimça qilgan.
Voqea tafsilotlari
Kun.uz muxbiri voqea joyidan xabar berganidek, Andijon viloyati perinatal markazi hududidagi 12 tup ninabargli sosna daraxtlari 16 yanvarga ötar keçasi kesib taşlangan. Markaz xodimlaridan biri Kun.uz bilan suhbatda daraxtlarni kesiş viloyat hokimining topşiriği ekanini aytdi.
Şifoxona xodimining aytişiça, 15 yanvar kuni viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov viloyat perinatal markaziga kelgan va markazning qurilayotgan yangi binosi bilan tanişgan. Şundan söng, manbaga köra, markaz oldini oçiş uçun daraxtlarni kesiş böyiça topşiriq bergan.


Andijon şahar obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari topşiriqni şu kunning özida bajardi. Daraxt kesiş işlari, oxirgi paytlarda odatga aylanib borayotgan bir holda, ya’ni keçasi amalga oşirildi.
Daraxtlarni kesib, perinatal markazi hovlisidan olib çiqib ketayotgan obodonlaştiriş bölimi yuk maşinasining davlat raqamlari yöq edi. Bölim xodimlari Kun.uz muxbirining savoliga javoban avtomaşina yangi ekani, hali davlat raqami olişga ulgurişmaganini aytişdi. Ammo maşina yangiga öxşamasdi.









