Fermerlarning hikoya qilib berişiça, «Ğallaorol tuman» suv iste’molçilari uyuşmasi korxonasi ulardan dala maydonlarini suğoriş uçun noqonuniy haq undirmoqda. Fermerlar soliqlar qatorida suv uçun soliq tölab kelişayotganini ta’kidlaşmoqda.

«SIU bilan şartnoma imzolagan fermerlarning barçasi sudga berilgan. Sud 8tadan guruh qilib ajratib iş körmoqda. Biz özimizning barça hujjatlarimizni sudga taqdim etdik. 2021 yilda biz bilan şartnoma tuzilmagan bölsa-da, ustimizdan iş qözğatib, sudga berişgan», — deydi «Yangiobod baxt gulşani» fermer xöjaligi raisi Rahmon Hojiyev.

«Bugun (11 yanvar) uçinçi marta sud qoldirilmoqda. Keyingi sud majlisi 18 yanvar kuni bölib ötişi belgilandi. Har gektariga 100 ming sömdan belgilangan narxni asoslantirib bera olişmadi», — deydi «Şerqangli şarbatlari» fermer xöjaligi raisi Furqat Joniqulov.

Ya’ni fermerlar nodavlat va notijorat taşkilot hisoblanuvçi «Ğallaorol tuman» suv iste’molçilari uyuşmasi ulardan gektariga yiliga 100 ming sömdan hisoblab suv haqi undirayotganidan norozi.
Çunki taşkilot suvni öz vaqtida yetkazib beriş, ariq, kanal va zovurlarni tozalaş borasida biror iş qilgan emas. Fermerlarning özlari bu işlarni mablağ sarflab bajarib kelişmoqda.
«5 gektar yerim bor. Sabzavot mahsulotlari yetiştiraman. Suvdan foydalanaman, töğri. Lekin soliqlar qatorida suv uçun ham tölov qilaman-ku? Sel mavsumida daryoni urib ketsa, özimiz traktor yollab tozalab çiqamiz. Yetmaganiga aholidan pul yiğib çiqamiz. Bular bir iş qilib bermasdan, pul undiriş uçun sudga bergani alam qilyapti», — deydi «Izzatullo Aminbek» fermer xöjaligi raisi Xolmat Örozboyev.

Fermerlar SIU 2020 yil boşida tuzilgan bölsa-da, 2019 yilda foydalanilgan suv uçun tölov undirişga harakat qilayotganidan ham norozi.























