Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya harbiylarining KXShT doirasida Qozog‘istondagi missiyasi tugadi
Ichida Rossiya harbiylari bo‘lgan oxirgi 4 ta harbiy transport samolyoti Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton va Olmaota shahridan uchib ketdi.
Shu tariqa, Rossiya tinchlikparvar kuchlarining KXShT doirasidagi Qozog‘istonda olib borgan missiyasi yakunlandi. Harbiylarni olib uchgan oxirgi samolyotda Rossiya harbiy missiyasi boshqaruvchisi general-polkovnik Andrey Serdyukov ham bo‘lgan. Generalning aytishicha, KXShT doirasidagi ko‘ngillilar belgilangan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
2 yanvar kuni Qozog‘istonning Janao‘zen shahrida suyultirilgan gaz narxi oshirilishi ortidan norozilik namoyishlari boshlangandi. Ertasiga namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. 5 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bo‘lib o‘tgan voqealarni terroristik akt deb atagan va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan yordam so‘ragandi.
Bu chaqiruvdan keyin KXShT tarkibiga kiruvchi qator mamlakatlar Qozog‘istonga o‘z harbiylarini yubordi. Asosiy harbiy kuch Rossiyadan bordi. Ular mamlakatning yirik shaharlaridagi strategik obektlar va qurol-yaroq omborlarini qo‘riqlashdi. To‘qayevning aytishicha, KXShT askarlari harbiy operatsiyalarda ishtirok etmagan.
KXShT missiyasi doirasida Qozog‘istonga 2,5 ming nafar harbiy yuborilgan. Ularni tashish uchun Rossiyaning 70 ta harbiy samolyoti 108 ta reysni amalga oshirgan. 11 yanvar kuni To‘qayev Qozog‘istonda vaziyat barqarorlashgani, 2 kundan keyin KXShT askarlari mamlakatni tark eta boshlashini aytgandi. 13 yanvardan tashkilot harbiylari Qozog‘istonni tark etishni boshlagandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
13:31 / 17.06.2026