Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga 500 mlrd so‘m ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida barpo etilgan vaziyatlarni boshqarish markazini borib ko‘rib, shu yerda mahallabay ishlashni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilda Toshkent shahri mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga budjetdan 500 milliard so‘m ajratilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, davlat tomonidan mahallalarda biznesni rivojlantirishga 476 milliard so‘m kredit va subsidiyalar beriladi. Ushbu mablag‘lar hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan, mahalladagi eng dolzarb bo‘lgan ijtimoiy va kommunal masalalarga hamda tadbirkorlik loyihalariga yo‘naltirilishi aytildi.
Toshkent shahar hokimligiga shu paytgacha birorta investitsiya loyihasi bo‘lmagan 271 ta mahalla uchun loyihalar shakllantirib, ularga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yangi sanoat loyihalarini ishga tushirib, shahar eksportini 2 barobarga oshirish mumkinligi qayd etildi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026