Jamiyat | 19:15 / 23.01.2022
5399
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Farg‘ona shahridagi Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar «Furqat» MFY, Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidagi yong‘in 23 yanvar kuni soat 01:08 da yuz bergan va tegishli kuch vositalari yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid