SSSR urib tuşirgan koreys «Boeing»i: Bu xalqaro iqtisodiy sanksiyalarga javob edimi?
|23:45 / 23.01.202264 17413 min
38 yil avval Janubiy Koreyaning Nyu-York–Seul yönalişida uçayotgan Boing-747 samolyoti Uzoq Şarqda SSSRning Su-15 qiruvçi samolyoti bilan urib tuşiriladi. Samolyot bortidagi 246 nafar yölovçi va 23 nafar ekipaj a’zolari halok böladi.
1983 yilda dunyodagi siyosiy vaziyat ança tarang edi. Bir tarafda sovet armiyasi Afğonistonda «sotsialistik tuzum duşmanlariga qarşi kuraş» bahonasida afğon xalqiga qarşi jang qilardi. Boşqa tomondan şu uruş tufayli ğarb sovet ittifoqiga qarşi xalqaro iqtisodiy sanksiyalar joriy etgan, AQŞ va SSSR örtasida «sovuq uruş» holati avji pallasiga çiqqandi.
Mana şunday vaziyatda, 1 sentabr kuni SSSRning Su-15 qiruvçi samolyoti Uzoq Şarqda Janubiy Koreyaga tegişli Boing-747 yölovçi samolyotini urib tuşiradi. Oqibatda, samolyot bortida bölgan 269 kişi halok böladi.
Bu hodisadan söng dunyoning köplab mamlakatlarida SSSRga qarşi namoyişlar boşlanib ketadi.
Foto: Wikipedia
SSSR avvaliga samolyot urib tuşirilganini tan olmaydi. Holat isbotlangaç, Boing-747 SSSR hududiga ötgani va harbiy samolyot deb gumon qilinib, urib tuşirilgani aytiladi. Xalqaro hamjamiyat esa SSSR harbiylari samolyotning fuqaro aviatsiyasiga tegişli ekanini bila turib urib tuşirgan, degan xulosaga keladi.
Öşa paytlar SSSR va Janubiy Koreya örtasida diplomatik aloqalar örnatilmagan edi. Har ikki davlat 1950–1953 yillarda Koreya yarimorolida sodir bölgan fuqarolar uruşidan keyin özaro duşmançilik pozitsiyasida edi. Öşa uruş tufayli BMT Janubiy Koreya va KXDRni öz safiga qöşmay kelayotgandi.
Samolyot urib tuşirilgaç, ğarb mamlakatlarining SSSR bilan munosabatlari battar sovuqlaşadi: Avvalroq e’lon qilingan iqtisodiy sanksiyalar yanada kuçaytiriladi.
Korean Air Lines’ga qaraşli Boing-747
Janubiy Koreya aviakompaniyasiga qaraşli Boing-747 1972 yilda işlab çiqarilgan. Samolyot ilk parvozini öşa yili 17 mart kuni amalga oşirgan va 31 mart kuni GFRning Condor Airlines aviakompaniyasiga sotilgan.
1979 yil 3 fevralda samolyotni koreyaliklar sotib oladi. Samolyot Nyu-York-Seul yönalişida KE007 reysi ostida muntazam parvozlarga qöyilgan. Urib tuşirilgan kungaça samolyot 9237 ta uçiş-qönişni amalga oşirgan va 38.7 ming soat parvoz qilgandi.
Boing-747’ning urib tuşirilişi
1983 yil 31 avgust kuni Boing-747 Nyu-Yorkdan havoga kötariladi va bir neça soatlik parvozdan söng yonilği quyiş uçun Alyaskadagi Ankorij aeroportiga qönadi. Samolyot 1 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:00da samoga kötariladi va parvozni davom ettiradi. Parvoz vaqtida Boing-747 uçuvçilari yönalişdan biroz çalğişadi va samolyot SSSR havo çegarasini buzib, avvaliga Kamçatka yarim oroli, söng Saxalin orolining janubiy qismi ustidan uçib ötadi.
Mavzuga oid
Foto: Wikipedia
Öşa kuni soat 17:42 da Boing-747 Kamçatka oroli ustidan uçib ötayotganda SSSRning Uzoq Şarqdagi 865-qiruvçi aviapolkiga qaraşli Su-15 qiruvçi samolyoti Kamçatkadagi Yelizovo aerodromidan havoga kötariladi. Biroz ötib, Boing-747 xalqaro havo hududiga kirgaç, Su-15 ortga qaytadi.
Köp ötmay Boing-747 yana öz yönalişidan çetga çiqib, endi Saxalin orolining janubiy qismi uzra uça boşlaydi. Havoga uni ta’qib etiş uçun MiG-23 va Su-15 qiruvçi samolyotlari kötariladi. Su-15 ança vaqt Boing-747’ni kuzatib boradi va havoga ogohlantiruvçi snaryadlar otadi. Ammo Boing-747 ekipaji bunga e’tibor bermay, parvozda davom etadi.
Soat 18:24 da sovet qiruvçi samolyotlariga havo çegarasini buzib kirgan obektni yöq qiliş topşiriği beriladi. Su-15 Boing-747’ga 5 kilometr yaqin borib, ikkita raketa uçiradi. Birinçi raketa samolyotga tegmaydi. Ikkinçisi möljalga aniq tegadi va Boing-747 havoning özida portlab ketadi. Uning bortida bölgan 246 nafar yölovçi va 23 nafar ekipaj a’zolari halok böladi.
Keyinçalik ma’lum bölişiça, Janubiy Koreyaga qaraşli yölovçi samolyotini urib tuşiriş Uzoq Şarq harbiy okrugi qömondoni Ivan Tretyak tomonidan berilgan. Şu tariqa buyruq unvon poğonalari zanjiri bilan Su-15 uçuvçisi podpolkovnik Osipoviçgaça yetgan va u samolyotni urib tuşirgan.
Ammo keyinçalik, çegarani buzib ötgan yölovçi samolyotni urib tuşiriş buyruği Moskvadan — Yuriy Andropov tomonidan berilgan degan gaplar ham örtaga çiqadi.
Hodisa oqibatlari
Samolyot urib tuşirilgaç, uning bölaklari Tinç okeanining Saxalin orolidan 37 kilometr janubiga, Laperuz böğoziga qulab tuşadi. Bu joy Saxalin va Yaponiyaning Hokkaydo oroli örtasida joylaşgan edi. Tabiiyki, samolyot qulagan joy SSSR harbiylari tomonidan örab olinadi va Boing-747’ning bölaklari va qora qutisi ular tomonidan olib ketiladi.
Foto: Wikipedia
Öşanda samolyot bortida jami 16 ta davlat fuqarolari bölgan:
Janubiy Koreyadan – 105 nafar (ularning 23 nafari ekipaj a’zolari);
AQŞdan – 62 nafar;
Yaponiyadan – 28 nafar;
Tayvandan – 23 nafar;
Filippindan – 16 nafar;
Hongkongdan – 12 nafar;
Kanadadan – 8 nafar;
Taylanddan – 5 nafar;
Buyuk Britaniyadan – 2 nafar;
Avstraliyadan – 2 nafar;
Dominikan, Hindiston, Eron, Malayziya, Şvetsiya, Vetnamdan 1 nafardan.
Halok bölganlar orasida bir qator taniqli şaxslar, jumladan, AQŞ Kongressi a’zosi Lourens Makdonald ham bor edi. AQŞ va Janubiy Koreya SSSRdan suvdan olib çiqilgan samolyot parçalari, jasadlarning bölaklari va qora qutini talab qilişadi. Ammo Moskva ularni bermaydi.
Foto: Wikipedia
Hodisa haqida SSSRning rasmiy bayonoti
Hodisa sodir bölgan paytda Janubiy Koreya rasmiylari samolyot noqulay ob-havo şaroiti tufayli majburan SSSR hududiga qöngan, deb öylaşadi.
SSSRda esa hodisa haqida ma’lumot berilmaydi. Öşa kunlarda davlat rahbari Yuriy Andropovning tobi qoçgandi va sovet rasmiylari uning ruxsatisiz sukut saqlaşni afzal körişadi.
Ammo hodisa haqida ma’lumot beriş uçun turli rejalar qilingan. Avvaliga samolyot xatolik tufayli urib tuşirilganini aytib, uzr söraşmoqçi bölişadi. Söng samolyot razvedka ma’lumotlarini oliş uçun çegarani buzib kirganida urib tuşirilgani aytilişi belgilanadi.
Hodisadan uç kun ötib, 1983 yil 3 sentabr kuni TASS orqali SSSR çegarasini noma’lum uçuvçi obekt buzib kirişga uringani va ogohlantirişlardan söng orqaga qaytib, radarlardan yöqolgani haqida xabar tarqatiladi.
9 sentabr kuni Mudofaa vazirining örinbosari, SSSR qurolli kuçlari boş ştabi boşliği marşal Nikolay Ogarkov iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida Janubiy Koreyaga qaraşli samolyot razvedka ma’lumotlarini oliş uçun davlat çegaralarini buzib kirganda yöq qilingani aytiladi.
Ogarkov vafot etganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, barça aybni AQŞ harbiy uçuvçilariga tönkaydi.
Boing-747’ning urib tuşirilişiga xalqaro maydonda munosabat
SSSRdan farqli ravişda AQŞ hodisa haqida eng birinçi bölib xabar tarqatadi. AQŞ davlat kotibi Jorj Şuls hodisadan sanoqli soatlar ötib, favqulodda matbuot anjumani ötkazadi va Boing-747 SSSR harbiylari tomonidan urib tuşirilganini ma’lum qiladi. Öşa zahoti bu xabar OAV orqali butun dunyoga tarqaladi.
Boing-747’ning urib tuşirilgani haqida xabar tarqalişi ortidan eng avval samolyot bortida fuqarolari bölgan mamlakatlarda sovet ittifoqiga qarşi namoyişlar boşlanib ketadi.
SSSR harbiylarining işidan, ayniqsa, Janubiy Koreya aholisi darğazab böladi. Mamlakatning barça şaharlarida sovet ittifoqiga qarşi keng miqyosda namoyişlar bölib ötadi va ularda öroq-bolğa tasviri tuşirilgan qizil bayroqlar ommaviy tarzda yoqiladi.
Foto: prod.vs
Bundan taşqari, dunyoning közga köringan siyosatçilari samolyotning urib tuşirilişini qoralaşadi. AQŞning öşa paytdagi prezidenti Ronald Reygan 5 sentabr kuni samolyotning urib tuşirilişini «Zulm saltanatining insoniyatga qarşi jinoyati» deb ataydi.
Oradan bir kun ötib, AQŞning talabi bilan BMT Xavfsizlik kengaşining yiğilişi ötkaziladi va qatnaşçilarga sovet harbiy uçuvçilarining özaro suhbati yozilgan maxfiy audioyozuvlar va samolyot qulab tuşgan joyning xaritasi körsatiladi.
Boing-747 urib tuşirilgan kun, 2 sentyabrdan boşlab AQŞ Federal fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi Nyu-York–Seul yönalişida parvozlarni töxtatadi. Oradan bir oy ötib, 1983 yil 2 noyabr kuni uşbu qatnov qayta tiklanadi.
Şuningdek, sovet yölovçi samolyotlarining AQŞga parvozi ham taqiqlanadi.
Hodisa haqida suriştiruvlar
Samolyot Oxota dengizining SSSRga qaraşli qismiga qulab tuşgani uçun 1991 yilgaça hodisa yuzasidan xalqaro suriştiruvlar ötkazişning iloji bölmaydi. Boz ustiga, qora quti ham SSSRda saqlanadi.
Hodisada halok bölgan AQŞ fuqarolarining qarindoşlari qora qutini xalqaro komissiya ixtiyoriga topşirişni sörab Gorbaçyovga murojaat qilişadi. Ammo u murojaatlarni e’tiborsiz qoldiradi.
Sovet ittifoqi parçalangaç, endi ular Rossiya prezidenti Boris Yelsinga murojaat qilişda davom etişadi. 1992 yilda Yelsinning maxsus farmoni bilan Boing-747’ga tegişli qora quti va boşqa aşyoviy dalillar Janubiy Koreyaga topşiriladi. Şundan söng, hodisa haqida yangi suriştiruvlar boşlanadi.
«Bu qarorga keliş oson bölmadi, ammo uni qabul qiliş zarur edi. Afsuski, sovet ittifoqining rahbarlari hodisa tafsilotlarini yaxşi bilgan holda uni xalqaro hamjamiyatdan yaşirib kelişdi. Bundan afsusdamiz. Bu qarorimiz insonparvarlik qoidalariga asoslangan. Qolaversa, «Sovuq uruş» davridagi bu dahşatli hodisa tafsilotlarini ommaga oşkor qilişni öz burçimiz deb bilamiz»,— degan edi Boris Yelsin.
Samolyotning urib tuşirilgungaça bölgan muddatdagi ovozlari eşitib körilganda Boing-747 avtopilot yordamida muntazam parvoz qilgan magnit kursi böyiça uçgani ma’lum böladi.
Ikkinçi komissiya esa Boing-747 uçuvçilari avtopilotni yoqqan paytda notöğri yönaliş belgilaşgani va şu sababli samolyot SSSR hududiga biroz ötib ketganini aniqlaşadi. Ular uçuvçilar bu işni atayin sodir etmaganini, hammasi tasodifan röy berganini, SSSR harbiylari samolyotni urib tuşirib, katta xatoga yöl qöyganini aytişgan.
1993 yilda Saxalin orolidagi Nevelsk şahrida hodisa qurbonlariga bağişlab yodgorlik örnatiladi. Uning oçilişida dunyoning köplab davlatlari fuqarolari, hodisa qurbonlarining qarindoşlari qatnaşadi.
Tovon puli
1988 yilda AQŞda Vaşington okrug sudi samolyotda uçgan AQŞlik yölovçilarning qarindoşlari tomonidan Korean Air Lines aviakompaniyasidan undiriladigan tovon pulining yuqori çegarasini belgilaş haqidagi da’vosini rad etadi.
Buni sud Boing-747 uçuvçilari sovet qiruvçi samolyotlarining harakat uslublari bilan taniş bölişlari lozim bölgan holda, öz majburiyatlarini bajarişda e’tiborli bölmagani bilan tuşuntirgan.
Muqobil tadqiqotlar
1997 yilda yapon razvedkasining yuqori martabali sobiq xodimi Yosiro Tanakaning «Boing-747 parvozi haqida haqiqatlar» kitobi çop etiladi. Öz vaqtida Yosiro SSSRning Uzoq Şarqdagi harbiy obektlaridagi radiosözlaşuvlarni yaşirinça eşitiş bilan şuğullangan.
U öz kitobida Boing-747 urib tuşirilgan kuni samolyot uçuvçilarining özaro suhbatlarini ham eşitganini yozgan. Uning keltirişiça, samolyotning urib tuşirilişiga AQŞ harbiylari aybdor. Koreyalik uçuvçilar ularning fitnasiga uçib, SSSR hududiga kirgan.
Bundan taşqari, Boing-747’ni AQŞ razvedka samolyoti urib tuşirgan degan taxminlar ham bildirilgan. Ammo sobiq sovet harbiylari 90-yillarda bu taxminlar reallikdan ança yiroqligini va Boing SSSR harbiy samolyoti tomonidan urib tuşirilganini aytişgan.
Boing-747 urib tuşirilişi katta şov-şuv keltirib çiqargani uçun mazkur hodisadan keyin SSSR harbiy uçuvçilariga çegarani buzib ötgan fuqaro aviatsiyasiga qaraşli samolyotlarni urib tuşiriş qat’iyan taqiqlanadi.
Boing-747’ning urib tuşirilişi yagona holat emas
Dunyoda ilk urib tuşirilgan fuqaro aviatsiyasiga tegişli samolyot China National Aviation Corporation aviakompaniyasiga qaraşli Douglas DC-2-221 samolyoti bölgan. Bu samolyot Gonkong-Uçjou şaharlari orasida qatnovlarni amalga oşirgan. Uni 1938 yilda Yaponiya qiruvçi samolyoti urib tuşirgan.
Eng sönggisi, 2020 yil 8 yanvar kuni Tehron yaqinida «Ukraina xalqaro havo yöllari»ga qaraşli Boeing 737-800 samolyoti Eron harbiylari tomonidan urib tuşiriladi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bölgan 176 nafar yölovçi va ekipaj a’zolari halok böladi.