Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahridagi do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi
Farg‘ona shahridagi Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, 23 yanvar kuni soat 01:08 da Farg‘ona shahar “Furqat” MFY, Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan. Hodisadan hech kim tan jarohati olmagan.
Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkentdagi do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026