Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
Dam olish kunlari sovuq va nam havo massalarining kirib kelishidan so‘ng bugun ertalab O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli ob-havo o‘rnashdi.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va keyingi ikki kun davomida respublikaning barcha hududlarida biroz shamol bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Kechalari va ertalabki soatlarda 0-3 daraja sovuq, ba’zi joylarda 5 daraja sovuqqacha bo‘lgan biroz manfiy harorat saqlanib turadi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni isitadi, ammo harorat 5-8 daraja iliqdan oshmaydi. Shimolda kechalari 6-9 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz ko‘tariladi, respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 8-10 daraja iliq, ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Juma kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shimolda va respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Mavzuga oid
10:20 / 22.01.2026
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026