Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi amerikaliklarga mamlakatni tark etish maslahat berildi, britaniyalik diplomatlar ketishni boshladi
AQSh Davlat departamenti Ukrainada bo‘lib turgan amerikalik diplomatlar oila a’zolarini mamlakatni tark etishga chaqirgan. Bu haqda Davlat departamentiga asoslanib Reuters yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, AQSh Ukrainadagi diplomatlarga ham Kiyevni tark etishga ruxsat bergan. Bu Amerika hukumati Rossiya Ukrainaga agressiv harakatlarni boshlashiga tayyorlanayotganidan dalolat, deyilgan Reuters xabarida.
Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainada bo‘lib turgan amerikaliklarga ham murojaat bilan chiqib, ularni ketishga chorladi.
«Rossiya harbiy harakatni istalgan vaqtda boshlab qolishi va bunday holatda AQSh fuqarolarini evakuatsiya qilish imkonsiz bo‘lib qolishi mumkin. Ukrainada bo‘lib turgan amerikaliklardan ishlarini shunga qarab rejalashtirishni so‘rab qolamiz.
Aslida mintaqadagi vaziyatda yangi hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q. Vaziyat 2014 yildan buyon bir xil keskin. O‘tgan yil aprel oyidan buyon Rossiya Ukraina chegarasida qo‘shin to‘play boshladi va shu sabab vaziyat biroz keskinlashdi», deyilgan elchixona bayonotida.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi esa AQSh elchixonasining bu harakatini haddan tashqari ehtiyotkorlik va voqealar rivojidan ilgarilab ketish deb baholadi.
G‘arb nashrlari 2021 yil oktyabr oyidan buyon Rossiya Ukraina chegarasida 100 ming askar to‘plagani haqida yozadi. Keyinchalik bu fakt rasmiy doiralarga ham ko‘chdi va G‘arb Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorlanmoqda deb hisoblay boshladi. Rossiya esa ayblovlarni rad etish bilan birga NATOdan Ukraina hech qachon alyansga kirmasligi bo‘yicha kafolat talab qilyapti.
Davlat departamentining fuqarolar va diplomatlarning oilasiga murojaati Britaniya Ukraina voqealari bilan bog‘liq yangi tafsilotni e’lon qilgach, qaysidir ma’noda shoshilinch ko‘rinishda berildi. Britaniya tashqi ishlar vazirligi Rossiya Ukraina rahbarligida Oliy rada sobiq deputati Yevgeniy Murayevni ko‘rmoqchi ekani haqida yozgandi. Britaniyaliklarning fikricha, aynan Murayev rusparast kuchlar yetakchisi sifatida qaralmoqda.
Sobiq deputat bu bo‘lmagan gap ekanini aytib, xabarni «ustidan sovuq suv quyilgandek» qabul qilganini ta’kidladi. Murayevning aytishicha, u 2018 yil Rossiya sanksiyasiga uchragan, Rossiyadagi qarindoshlarining aktivlari muzlatilgan. Murayev Britaniya hukumatini sudga bermoqchi ekanini aytdi.
Qo‘shinlar soni oshiriladi
AQSh prezidenti Jo Bayden NATOning Sharqiy Yevropadagi kontingenti kuchaytirilishi haqida o‘ylamoqda. Taxmin qilinishicha, AQSh prezidenti hududga 5 ming nafargacha qo‘shimcha askar yubormoqchi. Ammo askarlar Ukrainaga yuborilmaydi.
AQSh va Britaniya oldinroq Ukrainaga harbiy ko‘mak yuborgan edi. AQShda hozircha Rossiyaga qarshi faqat iqtisodiy sanksiyalar haqida gapirishmoqda.
Britaniya ham diplomatlarini chiqara boshladi
AQShdan keyin Britaniya ham Ukrainadan diplomatlarini chiqarishni boshladi. Bu Rossiya Ukrainaga bostirib kirish xavfi oshgani bilan bog‘liq.
«Kiyevdagi elchixonaning ba’zi diplomatlari va oila a’zolari ortga qaytarilmoqda. Sababi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish xavfi oshgan. Ammo elchixona ochiq qoladi va odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi», deyilgan Britaniya TIV bayonotida.
Oldinroq Britaniya hukumati Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, minglab odamlar qurbon bo‘lishidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026