O‘zbekiston | 11:16 / 25.01.2022
13933
2 daqiqa o‘qiladi

Birja savdolarida AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi

Aksilmonopoliya qo‘mitasiga ko‘ra, 1 litr AI-80 markali benzin narxi 7 555 so‘mdan 6 500 so‘mga yoki 16 foizga arzonlashgan.

Foto: TASS

AI-80 markali benzin mahsuloti boshlang‘ich narxlari shakllanishi yuzasidan o‘tkazgan tahlillar va ishlab chiqarish jarayonidagi ba’zi xarajatlarning kamaytirilishi hisobiga 1 litr benzin mahsuloti narxi 7 555 so‘mdan 6 500 so‘mga yoki 16 foizga arzonlashishiga erishilgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

«Shu bilan birga, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ va boshqa tegishli idoralar hamkorligida tuzilgan ishchi guruh benzin narxlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Xususan, birja savdolarida joriy yil 10-14 yanvardagi AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi uchun 2021 yil 15-19 noyabrdagi haftalik kotirovkaga nisbatan o‘rtacha 9,6 mln so‘mdan 6, 7 mln so‘mgacha yoki 30 foizga pasayishiga erishildi. Ko‘rilayotgan choralar o‘z navbatida, ichki bozorda chakana narxlar pasayishiga ijobiy ta’sir etdi va AYoQShlarda sotilayotgan AI-80 markali benzin narxlari 6 000-6 500 so‘mgacha yoki 25 foizgacha arzonlashdi», deyiladi qo‘mita bayonotida.

Mavzuga oid