Özbekistonda 2026 yildan AI-80dan töliq voz keçiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
|17:22 / 20.07.202510 96710 min
Kun.uz ixtiyoridagi hujjatga köra, «Özbekneftgaz» joriy yil sentabrdan AI-80 işlab çiqarişni töliq töxtatmoqçi. Kompaniya joriy yilning özida AI-80 rusumli avtobenzin tizim korxonalari omborlarida töliq tugatilişini, 2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzin sotişga ötilişini reja qilgan.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Özbekistonda AI-80 benzinini işlab çiqariş joriy yilda töliq töxtatiladi. Kun.uz ixtiyoridagi hujjatda keltirilişiça, “Özbekneftgaz” joriy yil yakuniga qadar yuqori oktanli (AI-92) avtobenzinni işlab çiqariş hajmini oşirib, sentabrdan AI-80 rusumidagi avtobenzin işlab çiqarişdan töliq voz keçişni rejalaştirmoqda. Xöş, “Özbekneftgaz”ning AI-80dan voz keçişga oid rejalari qanday? AI-80ni işlab çiqariş töxtatilsa, bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi? Hukumat bu islohotni amalga oşirişdan oldin nima qilişi kerak? Uşbu maqolada Ai-80 atrofidagi eng dolzabr savollarni muhokama qilamiz.
AI-80dan voz keçiş rejasi: yaqin oylardami yoki keyinroq?
Özbekistonda benzin işlab çiqaruvçi ikkita zavod bor - birinçisi, “Özbekneftgaz”ga qaraşli Buxoro neftni qayta işlaş zavodi, ikkinçisi, “Saneg”ga qaraşli (xususiy) Farğona neftni qayta işlaş zavodi. Surxondaryoda, Çinozda neftni qayta işlaş zavodlari bor, kiçkina partiyada bölsa ham AI-80 benzini işlab çiqaradi. Kiçik istisnolarni hisobga olmaganda Özbekistonga taşqaridan 80 benzini kirib kelmaydi. Işlab çiqaruvçilar monopol mavqega ega.
Saneg FNQZni xususiylaştirayotgan paytda unga zavodni modernizatsiya qiliş va yuqori oktanli benzin işlab çiqarişga oid investitsion majburiyat yuklatilgan. BNQZ böyiça 2 yil avval modernizatsiya loyihasi e’lon qilinib, «Özbekneftgaz» raisi örinbosari 2024 yilda 80 benzinni işlab çiqarişni töxtatib, şu hajmdan kam bölmagan miqdorda AI-92 benzini işlab çiqarişga ötamiz, deya va’da bergandi.
2024 yil boşida hukumat AI-80dan voz keçişni 2025 yilgi maqsad deb e’lon qilgan edi. Buxoro neftni qayta işlaş zavodi ham 2025 yildan boşlab bu turdagi benzinni işlab çiqarişni töxtatişini bildirgan edi. Ammo 2024 yil oktyabr oyidagi Prezident qarori bilan bu maqsad 2028 yilgaça keçiktirildi. Rasmiylar buni Buxoro neftni qayta işlaş zavodini modernizatsiya qiliş uçun vaqt kerakligi bilan izohlagandi.
2025 yil yakuniga qadar aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilği bilan ta’minlagan holda AI-80 rusumli avtomobil yoqilğisidan foydalaniş va sotişni çeklaşga oid rejalar esa 2025 yilgi davlat dasturiga kiritildi. Şunday qilib, joriy yildan boşlab joriy yil yakuniga qadar Özbekistonda AI-80ni işlab çiqariş töxtatilişi kerak.
Mavzuga oid
«Özbekneftgaz» sentabrdan AI-80ni işlab çiqarişni töxtatadi - oyiga 90 ming tonna AI-92 işlab çiqaradi
Kun.uz ixtiyoridagi hujjatga köra, «Özbekneftgaz» 2024 yil yanvar oyida Xitoy kompaniyasi bilan 60 foiz va 40 foiz hajmda yuqori oktanli yiliga 1 mln tonna AI-92 va AI-95 benzinlari işlab çiqariş borasida loyihani amalga oşirişga kelişgan.
Ma’lum qilinişiça, uşbu loyiha doirasida Buxoro NQIZda qöşilma (prisadka) yordamida yuqori oktanli AI-92 prisadkali avtobenzin işlab çiqarişni özlaştiriş böyiça işlar olib borilgan, tajribalar ötkazilib prisadka turi aniqlangan, benzinning tajriba-sinov partiyasi işlab çiqarilgan, prisadka saqlaş va aralaştiriş uçun siğimlar infrastrukturasi yaratilib, prisadkali AI-92 benzinini seriyali işlab çiqariş yölga qöyilgan. Kompaniya prisadka hisobiga tannarxni arzonlaştirmoqçi, biroq narx borasida aniq hisob-kitoblar keltirilmagan.
2025 yilda “Buxoro NQIZ” MÇJ tomonidan jami 1 030 ming tonna jumladan 487 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzin va 543 ming tonna AI-92+ rusumli avtobenzin işlab çiqarilişi rejalaştirilgan. Bunda, AI-80 rusumidagi avtobenzinni işlab çiqariş sentabr oyiga qadar közda tutilgan bölib, sentabr oyidan boşlab faqat AI-92+ rusumidagi avtobenzin (oyiga örtaça 90 ming tonnadan) işlab çiqariladi. Natijada, joriy yilning özida AI-80 rusumli avtobenzin tizim korxonalari omborlarida töliq tugatiladi va 2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzin sotişga ötiladi.
“Eng qulay payt - hozir” - Otabek Bakirov
Iqtisodçi Otabek Bakirov Kun.uz’ga bergan izohida AI-80 benzinidan voz keçiş masalasi 2020 yildan beri kötarilib, har yili kuz-qiş mavsumida sun’iy yuzaga keltirilgan yonilği defitsiti tufayli ortga surib kelinayotganiga urğu berdi.
- Oxirgi kunlarda köryapmiz, 80 benzin qanaqa tendensiyada ösib boryapti. 10 iyulda potolok narx bekor qilinganidan keyin har kuni narxlar oşyapti, narxlar oxirgi 1 oyda 10 foizga, yuqori kotirovkalar 15 foizga kötarildi. 80 benzindan voz keçiş borasida amaliy harakatlarni körmayapman. Bu böyiça Energetika vazirligi, işlab çiqaruvçilar bayonot bilan çiqqanini körmadim.
80 benzini işlab çiqarişdan töxtasa, bozorda katta defitsit yuzaga kelmaydimi, degan savol juda örinli. Şu örinli savol mavjudligi uçun ham har yili kuzga borib şu savolni rökaç qilib bu iş ortga suriladi. Agar 80 benzindan voz keçmoqçi bölsak, undan voz keçişning eng oson va qulay payti - yoz oylari. Ya’ni bugun yoki ertaga. Bundan qulay payt bölmaydi, kuzga borib ikki oyoğimiz bir etikka tiqilganda uni işlab çiqarişdan ham, sotişdan ham voz keça olmaymiz. 80 benzinni işlab çiqarişni töxtatib, 92 benzinning raqobatli taklifini köpaytiriş haqida öylaş kerak. Özbekistonda avtomobillar uçun eng ommabop yoqilği bu - metan-gaz. Keyin propan, keyin 80 va 92 benzin hisoblanadi. Agar yillik iste’mol 1 mln 200 - mln 300 atrofida bölsa, 800 ming atrofida 80 benzini işlab çiqariladi, 100 ming atrofida 92 benzini işlab çiqariladi, qolgani import qilinadi. Bizning oldimizdagi vazifa - 1 mln 200-1 mln 300 ming atrofidagi 92 va undan yuqori oktanli benzin taklifini beriş, bu imkonli vazifa. Qöşnilarimizda bizdan farqli ravişda yoqilği sanoatida bozor qoidalari işlaydi. 92 benzin Özbekistondan arzon, vaholanki neft zaxiralari yöq, neftni qayta işlaş zavodlari import neftdan foydalanadi. Demak, Qirğiziston 92 yoki undan yuqori oktanli benzin bilan bozorni raqobatli töldira olayotgan ekan, nimaga Özbekiston şu işni qila olmaydi? Qirğizistonda iqtisodiyot Özbekistondan 4 barobar kiçik bölişiga qaramay, ular biz singari benzin işlatadi, çunki ular metan işlatmaydi. Şu savol juda muhim. Xavotirlarni yiğiştirib 80 benzindan qança erta va yoz kunlarida voz keçsak, şunça yaxşi. 92 va undan yuqori oktanli benzin importini kengaytiriş haqida öylaşimiz kerak. Ya’ni har qanday sub’yekt uçun qöşni mamlakatlardan, uzoq xorijdan, Erondan, Iroqdan avtomobil benzini import qilişdagi hamma tösiqlar olib taşlanişi kerak. Temiryöl kvotalari bilan boğliq tösiqlar, transportga qöyiladigan talablar, omborxona bilan boğliq tösiqlar olib taşlanişi kerak. Kerak bölsa, qaysidir muddatgaça 92 benzinga iste’mol soliğini 3 yoki 6 oyga bekor qiliş importçi va işlab çiqaruvçilarga 92 benzin taklifini oşirişga stimul beradi. Bu qiyin masala emas. Özbekiston 90 yillardagi kabi 7 mln tonna benzin import qiladigan vaziyat bölsa, qisqa vaqt içida bu imkonsiz desa bölardi. Bu imkonli, buning uçun qat’iyat va iroda kerak.
2023 yilning ma’lumotlariga köra, turli ekspertlar jami benzinga talabini 1 mln 200 yoki 1 mln 300 ming tonna deb baholagan. Agarda importga tösiqlar olib taşlanmay, 92 yoki undan yuqori oktanli benzinga ötiladigan bölsa, bu bozordagi vaziyatni özgartirmaydi. Şu paytgaça 80 benzin tanqisligi va narx oşişini kuzatgan bölsak, bundan bu yoğiga 92 benzin narxi oşişi hamda sun’iy tanqisligini kuzatamiz. Oxir-oqibat iste’molçi yana jazolanadi. 92 benzinning raqobatli işlab çiqariş zanjirlarida, importda ham raqobatli taklif bölişi şart. Şimoldan, janubdan, Erondan, Turkmaniston, Qozoğistondan - hamma kanallardan import qiliş bilan boğliq bölgan sun’iy ma’muriy, texnik tösiqlar olib taşlanişi kerak. Şundagina bozorda erkin raqobat yuzaga keladi, şundagina benzinning narxini bozor belgilaydi. Şu kunlarda 80 benzin bilan qanday öyin bölayotgan bölsa, endi 92 benzin bilan şunday böladi. Yana benzin sifati bilan boğliq masalalar yuzaga keladi. Şartli ravişda ustiga 92 benzin deb yozib qöyilgan, aslida oktan darajasi 92 bölmagan benzinni olişga majbur bölamiz.
AI-80 sanoqli mamlakatlarda qolgan
Hozir dunyo böyiça işlab çiqarilayotgan deyarli barça avtomobillar yuqori oktanli yoqilğida işlaşga möljallangan. AI-80 kabi past oktanli turlari yonişi natijasida köp miqdorda uglerod oksidi va yonmagan uglevodorodlar kabi ifloslantiruvçi moddalar hosil böladi. Bu esa aholi salomatligiga zararli. Qolaversa, transport çiqindilari iqlim özgarişini ham tezlaştiruvçi omillardan biri hisoblanadi. Şu sababli köplab mamlakatlar ekologik qoidalarni borgan sari qattiqlaştirib boryapti.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatovning sözlariga köra, 80 benzinni taqiqlaşning ortga surilişi ekologiya uçun yomon. Butun dunyo amaliyotida 80 benzini eng sifatsiz benzin hisoblanadi va mamlakatlar buni tan olib, muomaladan çiqarib bölgan.
“Bu turdagi benzinni bizdan taşqari faqat Afğoniston işlatadi. Haydovçilar ham yaxşi biladiki, 80 benzini – motorning tez işdan çiqişiga sabab böladigan yoqilği turi hisoblanadi. Bundan taşqari, u atmosferaga PM 2,5 magnit zarraçalarini köp çiqaradi. Benzin yoqilği resursining 20 foizi energiyaga aylanib, maşinaning yurişi uçun xizmat qilsa, 80 foiz qismi atmosferaga turli xil gaz va mayda PM2,5 zarraçalarini çiqarişi tadqiqotlarda isbotlangan.