Toşkent şahrida atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan keçiktirib bölmas çora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2028 yildan boşlab «Yevro-4» standartidan past bölgan avtomobil yonilğisidan(AI-80) foydalaniş taqiqlanadi. Bu haqda çang böronlariga qarşi kuraşiş va havo sifatini yaxşilaş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisidagi prezident qarorida keltirib ötilgan.
Şuningdek, qaror bilan 2025−2027 yillarda «Yevro-4»dan past standartdagi yoqilği importini bosqiçma-bosqiç taqiqlaş va mamlakatdagi korxonalarni modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan.
«Buxoro neftni qayta işlaş zavodida «Yevro-4» va undan yuqori benzinga ötiş uçun vaqt kerak. Yil oxirigaça loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqiladi va şundan söng Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Loyihani töliq yakunlaş uçun 30−32 oy vaqt ketadi. Şu bilan birga, 2025 yildan boşlab AI-92 benzinini işlab çiqariş har oy oşib boradi. AI-92 benzini işlab çiqarişga töliq ötiş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi», deyiladi «Özbekneftgaz» axborot xizmatining Gazeta.uz’ga bergan izohida.
Avvalroq, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi noyabr-dekabr oylarida AI-91 va undan yuqori oktonli benzinni köproq işlab çiqarişni boşlaşi, 2025 yil boşidan esa AI-80 işlab çiqarişni butunlay töxtatiş rejalaştirilgani xabar qilingandi.








