«AI-80 benzini uçun aksiz soliği bekor qilinişi AYoQŞlarda uşbu markada sotilayotgan yoqilğining narxi 1000-1200 söm arzonlaşişiga olib kelişi kerak. Bugungi kunda AI-80 benzin narxi 5500 sömgaça pasayişi kutilmoqda.

Ta’kidlaş joizki, birjaga çiqarilayotgan hajmlar ham ortganligi hamda birjada boşlanğiç narxdan 5 foizdan ortiq bölmagan holda narx oşişini inobatga olgan holda aytiş mumkinki, 5500 sömlik narxni yaqin kunlarda körişimiz mumkin», - deya energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.