07:46 / 27.01.2022
2665

Mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi qabul qilindi

Prezidentning “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish tizimi quyidagilarni nazarda tutadi: 

samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) baholash tizimini joriy etish: 

  • tarmoq rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi va hokimlar - yangi turlarni o‘zlashtirish orqali ichki bozorni mahalliy mahsulotlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, importni maqbullashtirish uchun;
  • tarmoqlar rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlari va hokimlarning mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yordamchilari - ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini o‘rnatish hamda rivojlantirish, hamkorlarga ishlab chiqariladigan mahsulotlar texnik parametrlari va sifatini tegishli talablar va standartlarga moslashtirishga ko‘maklashish uchun;
  • investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mahalliy mahsulotlar kontentini kengaytirish bo‘yicha raqobatbardosh sharoitlar yaratish:
  • yirik investitsiya loyihalari bo‘yicha xalqaro tenderlar o‘tkazish jarayonida mahalliy mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning qatnashish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtiradigan tender savdolari ishtirokchilariga asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tez eskiradigan uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlarni o‘rta muddatli kafolatlangan shartlarda xarid qilish bo‘yicha imkoniyatlar berish;
  • xorijiy va mahalliy innovatsion texnologiyalar transferini moliyalashtirishning samarali tizimini yaratish;
  • ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtiradigan korxonalarning xodimlarini ularning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan shartlar va tartiblar asosida rag‘batlantirish.

2022 yilga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi tasdiqlandi, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

  • mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning prognoz parametrlari;
  • yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirish yig‘ma ko‘rsatkichlari;
  • iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati;
  • hududiy korxonalar tomonidan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati va boshqalar.
Top