Australian Open'da finalchilar aniqlandi. Medvedev endi Nadalning «bayramini buzish»ga urinadi
Avstraliyada tennis bo‘yicha «katta dubulg‘a» tasnifidagi yilning ilk yirik musobaqasi – Australian Open yakuniy pallaga kirdi.

Foto: ausopen.com
Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida finalchilar ma’lum bo‘ldi. Ispaniyalik Rafael Nadal italiyalik Matteo Berrettini bilan bahsni to‘rt setda o‘z foydasiga hal qildi: 6-3, 6-2, 3-6, 6-3.
Ayni damda dunyoning beshinchi raketkasi hisoblangan Nadal faoliyati davomida 29-marta «katta dubulg‘a» turnirlari finaliga chiqdi. U finallarning 20 tasida zafar quchgan. Australian Open'da Nadal oltinchi marta finalda o‘ynaydi. Ispaniyalik tennischi ularning bittasida g‘alaba qozongan, to‘rt marta yengilgan.
Ikkinchi finalchi rossiyalik dunyoning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev bo‘ldi. U yarimfinalda gretsiyalik Stefanos Tsitsipasni to‘rt setda mag‘lub etdi: 7-6, 4-6, 6-4, 6-1.
Medvedev faoliyati davomida to‘rtinchi marta «katta dubulg‘a» tasnifidagi musobaqa finaliga chiqdi. Bungacha rossiyalik tennischi ikki marta US Open, bir marta Australian Open finalida o‘ynagan. O‘tgan yil Avstraliyadagi finalda Novak Jokovichga yengilgan, AQSh ochiq chempionatida esa aynan Jokovich ustidan g‘alaba qozongan.
Daniil Medvedev o‘tgan yil US Open finalida Novak Jokovichga 21-marta «katta dubulg‘a» sovrinini qo‘lga kiritishga yo‘l qo‘ymagandi. Endi rossiyalik tennischi yana bir afsonaviy tennischi Nadalga 21-sovrinni yutishga xalaqit berishga urinib ko‘radi. Hozircha Medvedev va Nadal o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda ustunlik ispaniyalik sportchi tomonida: 3-1.
Yilning ilk yirik musobaqasi Australian Open'ning bu yilgi sovrin jamg‘armasi 54 million dollarni tashkil etadi. G‘olib 3,1 million dollar, finalchi 1,5 million dollar mukofotni qo‘lga kiritadi. Avstraliya ochiq chempionatida g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich hisoblanadi. To‘qqizta finalda ishtirok etgan serb ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Bu galgi bahslarda Jokovich koronavirusga qarshi emlanmagani ortidan kelib chiqqan mojaro sabab ishtirok eta olmayapti.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi
O‘zbekiston | 07:50
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
Mavzuga oid

16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi

20:38 / 28.01.2024
Sinner Medvedev bilan bahsda kambek qilib, Australian Open g‘olibiga aylandi

13:45 / 26.01.2024
Australian Open'da sensatsiya. Sinner Jokovichning Melburndagi 2195 kunlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi

21:11 / 05.06.2022