Surxondaryoda MIB boshqarmasi tomonidan 34 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, 17 nafar xodimga intizomiy jazo berilgani ma’lum qilindi
MIB Surxondaryo boshqarmasi tomonidan 34 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, 17 nafar xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llangan. Bu haqda 27 yanvar kuni MIB viloyat boshqarmasi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilingan.
Ma’lum qilinishicha, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlariga jami 15 nafar tezkor xodim xizmatga qabul qilingan. Shu davrda 13 nafar tezkor xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, byuro organlari tizimidan bo‘shatilgan.
Xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan va “Kasb odobnomasi” talablariga rioya qilmagan jami 73 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan. O‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan 125 nafar xodimning 2 nafari Bosh prokuror tomonidan, 36 nafari Byuro direktori tomonidan hamda 87 nafari boshqarma boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirilgan.
2021 yilda 97 nafar xodimning xatti-harakatlari yuzasidan 34 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 69 nafar xodim o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarab, "Kasb odobnomasi" talablariga rioya qilmagani va nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgani aniqlangan.
Shundan 17 nafar xodimga hayfsan va jarima intizomiy jazolari qo‘llangan, 3 nafari lavozimidan ozod etilgan. 2 nafari byuro organlaridan bo‘shatilgan, 9 nafar xodim avvalgi jazosi bilan chegaralangan, 38 nafari ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024
Alimentdan qochib yurgan otani “ilintirgan” xodim – MIB operatsiyasi tafsilotlari
23:19 / 10.10.2024
Yunusobod MIB xodimi depozitdagi qariyb 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, onlayn qimorga tikib yubordi
20:45 / 10.09.2024