Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda Afg‘oniston fuqarosi tomonidan sotish maqsadida yashirilgan yirik miqdordagi giyohvand modda aniqlandi
2022 yil 14 yanvar kuni Afg‘oniston fuqarosi Buxoroga yuk mashinasida 13 tonna kartoshka orasiga yashirib 54 kg opiy giyohvand moddasini jo‘natgan hamda buxorolik tanishiga uni saqlab turishi evaziga har bir kilogrammi uchun 500 AQSh dollari berishini aytgan .
IIV axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 20 yanvar kuni Tojikiston IIVdan afg‘onistonlik fuqaro 60 kg opiy giyohvand moddasini 360 ming AQSh dollariga baholab, sotish maqsadida Buxoro viloyatida xaridor izlayotgani haqida ma’lumot olingan. Mazkur ma’lumotni tekshirish maqsadida zudlik bilan IIV JQBB xodimlaridan iborat tezkor guruh Buxoro viloyatiga yetib borgan.
Tezkor guruh tomonidan olib borilgan ishlar natijasida Abu ismli shaxs giyohvand modda namunasini Buxoro shahri Alpomish ko‘chasidagi mehmonxona oldida turgan tandirga joylashtirganini ma’lum qilgan. 21 yanvar kuni tezkor guruh tomonidan kelishilgan joydan 39 gramm opiy giyohvand moddasi hujjatlashtirib olingan. Kuzatuv joyida o‘zini shubhali tutgan shaxs ushlangan. Fuqaro giyohvand modda namunasini u joylashtirganligini, qolgan qismini yashash uyida ko‘mib qo‘yganligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng uning yashash uyi darvozaxonasiga ko‘mib qo‘yilgan 54 kg miqdordagi opiy giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Dastlabki tezkor surishtiruv ishlari jarayonida giyohvand moddani gumonlanuvchiga oldindan tanish bo‘lgan Afg‘oniston fuqarosi 2022 yilning 14 yanvar kuni sotish uchun yuk mashinasida, 13 tonna kartoshka orasiga joylashtirib yuborganligi aniqlangan. U ushbu moddalarni saqlab turish evaziga buxorolik tanishiga har bir kilogramm uchun 500 AQSh dollari berishini hamda mahsulotni olib ketish uchun xaridor yuborishini bildirgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
14:26 / 15.05.2026