Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshalik advokat Aleksandr Lukashenkoni Haaga sudiga berdi
U arizasida Belarus prezidenti va uning rejimini genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblagan.
Polshalik advokat Tomash Vilinskiy Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga qarshi Haagadagi Xalqaro jinoyat sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda belaruslik muxolifatchi Pavel Latushko o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vilinskiy dekabr oxirlarida Polsha milliy prokuraturasiga ariza bergan. U arizasida Lukashenko va uning rejimini genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblagan. Keyinroq xuddi shunday ariza Haaga sudiga ham berilgan.
"Ariza 160 sahifa huquqiy asos va 40 ming sahifa ilovadan iborat. Ariza Belarus fuqarolari hamda Pavel Latushko nomidan berilgan", – deyiladi xabarda.
Lukashenkodan tashqari, Belarus kuch ishlatish tizimi xodimlari va hokimiyat organlari vakillari ham jinoyatlar sodir etishda ayblangan.
Avvalroq Aleksandr Lukashenko mamlakat xalqi va Milliy majlisga qilgan murojaatida o‘zining diktatorligini aytgandi.
Mavzuga oid
10:05
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026