Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Osiyo mamlakatlarini suyultirilgan gaz sotib olishni kamaytirishga chaqirdi
AQSh davlat departamentining energetik xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Amos Xoxshteyn boshchiligidagi guruh Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistonga ana shunday murojaat bilan chiqqan.
AQSh Rossiya gazi yetkazilishi kamaygan taqdirda suyultirilgan gazni Yevropaga jo‘natish imkoni bo‘lishi uchun Osiyo mamlakatlarini suyultirilgan gaz sotib olish hajmini qisqartirishga chaqirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, AQSh davlat departamentining energetik xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Amos Xoxshteyn boshchiligidagi guruh Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistonga ana shunday murojaat bilan chiqqan.
Bundan tashqari, Qatar, Nigeriya, Misr, Liviya va Jazoirdagi gaz ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazilgan.
AQSh ma’muriyati vakillari ularni Ukrainada jangovar harakatlar boshlangan taqdirda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirishga chaqirgan.
Bayden ma’muriyati Chevron va ExxonMobil kabi neft-gaz kompaniyalari bilan ham muloqot o‘tkazgan.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
08:26 / 09.07.2026