«Fri yoki burger boylarning farzandlari uçun edi». Jorjinoning hayajonli hikoyasi
|16:04 / 04.02.202225 94318 min
Foto: UEFA Foto: UEFA
Ötgan yilda «Oltin töp» uçun kuraş asosan Messi yoki Levandovski kabi yulduzlar orasida keçgan bölsa-da, yana bir nom borki, uning nomzodi heç kimda kamida e’tiroz uyğotmadi. «Çelsi»ning YeÇLdagi ğalabasida qahramonlar köp bölsa-da, Jorjino Italiya terma jamoasida ham asosiy figuralardan biri edi. Mançini uni final kuni, hatto jarohat bilan ham maydonda saqlab turgani, futbolçining jamoada naqadar muhim örin tutganini bildiradi. Yilning har ikki buyuk ğalabasini umumlaştiruvçi yagona futbolçi – Jorjino.
Uni payqaş oson emas. Lekin rad ham eta olmaysiz. Bunga yöl qöymaydi. Futbolçining hayot hikoyasini tinglasangiz, yanada amin bölasiz.
Xonalarimiz iflos edi. Ayni ovqatni kunda uç mahal yer edik. Yuviniş xonalarida issiq suv bölmasdi. Hatto qişda ham. Taşqarida esa mahalliy bezorilar bizni tönaş payida bölişardi. Bu - Braziliyada, Guabirubedagi futbol lagerim. Oilamdan yuz mil uzoqlikda yaşaganman. U paytlarda yoşim atigi ön uçda edi, döstim.
Bu xuddi armiyaga öxşardi. Kuniga ikki mahaldan maşğulot, keyin esa öqiş. Bu yerga kelişimdan oldin San-Pauludagi uç klubda sinovdan ötdim, ammo barçasi meni rad qilgaç, ona şahrim bölmiş Imbitubuga qaytgandim. Öşa yerda bir italiyalik agent meni özi boşqaradigan lagerga taklif qildi. Uning aytişiça, özini yaxşi körsata olgan bolalarda Italiyaga boriş uçun kiçik imkoniyat paydo bölar ekan. Qaysi bolakay Yevropaga borişni istamaydi?
Balki hayron qolişingiz mumkin, lekin lagerdagi qiyin hayot men uçun normaga aylanib ham qolgandi. Özim uçun kaşf qildim-ki, şaroit har qança oğir bölmasin, inson unga moslaşa olar ekan. Agar boşqa tanlov imkoniyati bölmas ekan, har qanday holatga çiday olasan.
Bilasizmi, beş yoşimda otam mendan katta bölganimda kim bölişimni söraganida, «futbolçi» deb javob berganman.
«Ammo futbolçi böliş sen televizorda körganingdek, oson iş emas» – degandi u, - «Juda köp qiynalasan, yiğlaysan, hayotingni olib qöyişadi. Uyga ketging keladi, mağlub bölişni tan olişga majbur bölişing mumkin. Xöş, katta bölganingda kim bölasan?»
«Futbolçi» – dedim men yana bir marta.
Men hammasiga tayyor edim. Bir kuni lagerga onam körgani keldi. Yuviniş xonamizga kirib çiqqaç, menga narsalarimni yiğiştirişni, uyga ketişimizni aytdi.
Mavzuga oid
«Oyi, men heç qayerga ketmayman», – dedim.
«Bilaman, bu sening orzung. Lekin mening öğlim bunday şaroitda yaşamaydi».
Men unga agar uyga majburan olib ketilsam, keyin futbolçi böla olmasligimni va kelajakda uning vijdoni qiynalişini aytdim. Oyim yiğlab yubordi.
«Bu men uçun imkoniyat. Qiyinçiliklarga duç kelişim meni xavotirga solmaydi. Bir ovqatni ön kunlab yeyişim mumkin, har kuni iflos hojatxonaga borişim mumkin. Heç narsa qilmaydi».
Onam jiddiyligimga amin böldi, lekin yiğlab lagerni tark etdi. Bu hayotimdagi eng oğir holatlardan biri bölgandi. Bilasizmi, bu onam uçun qanday ekanini tuşunaman – u futbolga qiziqmaydigan boşqa onalardan emas. Yöq, döstim. Butun iste’dodim undan ötgan. Töğri, hozir otam xafa bölişi mumkin, lekin, dada, bilasan-ku, bu haqiqat! Onam futbolçilar oilasi vakili va haligaça öynaydi. Beş yoşimdan u men bilan plyajda töp tepgan. Biz şunçaki köngilxuşlik qilardik, lekin biror narsani notöğri amalga oşirsam, darhol töğrilardi.
U juda qattiqqöl edi. Agar bir neça bor oddiy paslarni bera olmasam, taşlanib ham qolardi. Ey, Xudo, men atigi beş yoşdaman, sekinroq, derdim özimga, ha-ha-ha!
Ammo u menga eng yaxşi narsalarni istardi, tuşunyapsizmi? Şuning uçun uyga qaytmasligimni aytganimda, qattiq aziyat çekkandi. Juda köp iqtidorli bolalar taslim bölib, lagerni tark etganini körgandim.
U yerda ikki yil ötkazdim. Xayriyatki, hammasi bejiz ketmadi va 15 yoşimda «Verona» men bilan şartnoma imzoladi. Bizni eski bir ibodatxonaga joylaştirişdi. Olti nafar ösmirlar edik, kiçikkina xonaga uçta ikki qavatli karavot olib kirişdi. Bu hali heç narsa emas, lekin qattiq hayajonda edim.
Italiya! Endi hammasining imkoni bor.
Dastlabki uç oy zör ötdi. Ammo keyin qiynala boşladim, çunki, qaçon uyga qaytişim mumkinligi haqida heç narsa bilmasdim. Meni lagerga taklif qilgan agent haftasiga 20 yevro berar va şu pulni yetkazişim kerak edi. Bu pullarni deyarli bir xil sarflardim: beş yevroni Braziliyaga qönğiroq qiliş, oyim bilan gaplaşişga işlataman, şampun, dezodorant va tiş pastasi uçun bir neça yevro, qolganini esa, dam oliş kunlari internet kafega tölab, döstlarim va oilam bilan MSN orqali gaplaşib ötirardim.
Ba’zida özimni mehmon qilgim kelar va Veronadagi asosiy köçaga borib, McDonald’s’ning sutli kokteylidan sotib olardim. Narxi bir yevro turardi. Frimi? Burger? Eh, unut bularni, döstim. Happy Meals faqat boylarning farzandlari uçun edi. Öşanda men köça burçagidagi zinaga ötirib olardim va şunçaki... tomoşa qilardim. Odamlarning u yoqdan bu yoqqa ötişini, quşlarni, turistlarni... Şunçaki xayollarimga erk berardim. Şanba oqşomlarini odatda mana şunday ötkazardim.
Aslida bu yolğizlik edi. Şu tariqa, bir yarim yil yaşadim va 17 yoşimda Veronada professionallar bilan şuğullanişni boşlagan paytlarda agentim bilan urişib qoldim. Bu haqda köp gapirişni istamayman, lekin hammasi yomon edi. Men deyarli bölaklarga bölinib ketdim.
Braziliyadagi iflos futbol lageridagi ikki yil qiyinçiliklar, bir yarim yil Italiyada haftasiga 20 yevroga yaşaş, oqibati şumi?
Yiğlab onamga telefon qildim.
«Oyi, barçasi tugadi. Jonimga tegdi. Seni soğindim, uyga qaytaman». Imbitubu haqida öylay ham boşlagandim.
«Eşik yopiq böladi» – qat’iy javob qildi u.
«Nima?»
«Uyga qaytmaysan. Agar eşim oldida paydo bölsang, oçmayman»
Şokka tuşib qoldim. Öz onangiz mana şunday deyişini tasavvur qila olasizmi? Keyin otam bilan gaplaşdim. Ular ajraşgan edi va balki ma’lum vaqt otam bilan yaşaş haqida öyladim. Ammo u ham ayni javobni berdi.
Keyin ular birgalikda menga telefon qilib, hammasini tuşuntirişga harakat qilişdi.
«Xorxe, sen professionallar bilan şuğullanyapsan va hammasini hozir taşlamoqçimisan? Şunça qiyinçiliklardan keyin-a? Bunda ma’no yöq. Harakat qilişda davom et va orzingga yetasan!»
Opamning aytişiça, öşa suhbatdan keyin trubkani qöygaç, onam yiğlab yuborgan ekan.
Xudoga şukrki, ota-onam kerak bölganda kuçli böla olişgandi. Xayriyatki, ularga quloq solganman. Yangi agent Juan Santosni topdim va u hozirgaça men bilan birga. Şuningdek, jamoa darvozaboni, akamdek bölib qolgan Rafaelga ham minnatdorçilik bildirişim kerak. Öşa 20 yevroga yaşab yurgan paytlarimda, u meni uyiga olib borib, yegulik va kiyimlar olib bergandi. Juan va Rafael 2011 yilda «Verona»ning asosiy tarkibiga kirib olişimda muhim ahamiyat kasb etişgan. Heç qaçon unutmayman.
2014 yilning yanvarida Neapolga keldim – umuman boşqaça şahar. Neapolliklarning qanday odamlar ekanini juda yaxşi bilamiz-ku, töğrimi? Ehtiros! Ular öz futbolçilariga xuddi ma’budlardek muomala qilişadi. U yerda men supermarketga bora olmasdim. Parkda aylanişning iloji yöq. Imkonsiz! Közimga kepkani tuşirib, tolstovka kiyib olardim. Otamning aytişiça, qoçqinlarga öxşab qolardim.
Bir kuni döstim körgani keldi. Odatda yakşanba kunlari öynardik, öşanda öyinimiz şanbaga belgilangani uçun kunlarni adaştirib yubordim. Men döstimni şahar markaziga olib bordim. U yerdagi odamlarni, harakatni körib, hayron qoldim. Nega duşanba kuni bunaqa?
Kimdandir qanday kun ekanini söradim – «Yakşanba». Yöööööööq!!! Endi nima böladi? Meni körib qolişsa-çi?
Ehtiyotkorlik bilan harakat qila boşladik. Kepkani bostirdim va tor yölak böylab döstimning orqasidan keta boşladim. Pyatssa del Plebissito maydoniga eson-omon kelib oldik va bir barning orqa tarafiga ötirdik. Heç kim sezmadi.
Biroz ötib, kelgan yölimizdan qaytayotganimizda, bardan çiqişimiz hamono, taxmin qiling-çi, bizni kim sezib qolib, rasmga tuşmoqçi böldi? Ofisiant!
Ey, Xudo, deyarli qutulgandik, bardan çiqib ham bölgandik. Tavba, içkarida şuni aytsa, bölmasmidi?
«Nega şu dardingni içkarida aytmading, bro» – deyman men.
Xullas, köça odamlar bilan töla, lekin qoronği tuşa boşlagani uçun özimni xavfsiz his qila boşladim. Mayli, birgina ofitsiant sezib qoldi, rasmga tuşamiz va ketamiz. Keyin nima böldi, deng! Ofisiantning rasmga oliş çiroği yoniq ekan. Knopka bosildi, butun yoruğlik mening yuzimga tuşdi. Tamom! Butun maydon ögirildi va baqirib yuborişdi: «Jorjino!!!». Dahşat!
Hamma mening ismimni ayta boşladi. Hatto kimligimni bilmaganlar ham rasmga tuşişga oşiqardi. Masalan, bunday – «Foto! Foto! Ey, kim özi bu?!». Xa-xa-xa!
Işonavering, har qadamda kamida uç martalab rasmga tuşdim. Kimdirdan «Iltimos» yoki «Rasmga tuşsak maylimi?» degan gaplar kutişni unuting. Neapol London emas, döstim. Ular meni itarişar, özlariga tortişar, men heç qaçon uyimga yetib bormaydigandek edim. Yarim soatda köçaning yarmini bosib ötdik.
Nihoyat kimdir meni qutqarib qoldi. Baquvvat bir yigit, adaşmasam, Neapoldagi uyuşgan fan-guruhning a’zosi edi. «Uni uyiga qöyib yuboringlar» dedi va meni töpolondan olib çiqib ketdi.
«Sizga katta rahmat» – dedim men.
«Ammo endi mening navbatim, kel, birga rasmga tuşib qöyaylik» – deb tirjayib turibdi.
«Akaxon, meni qutqarib qolding, kerak bölsa, önta rasmga tuşamiz».
Neapol – tentak şahar. Lekin men uni sevdim. Neapolliklarni sevdim. Tört yarim yil ötib, ketiş juda qiyin bölgandi.
«Çelsi»dagi ilk davrlarimda u şaharni köproq soğindim. Men haqimda nimalar deyişgani esingizdadir? Men juda sekin öynar ekanman. Haddan taşqari nimjonman. Men Sarrining erkatoyi ekanman. Bularning barçasi jahlimni çiqarardi.
Lekin, bilasizmi, ular meni töğri baholay olişmagan. Umuman, har doim , har bir klubda men yomon boşlaganman. Qiziq. Veronaga kelganimda, meni heç kim xohlamadi va törtinçi divizionga ijaraga berişdi. Lekin mehnat qilişda davom etdim va e’tirof qozondim. Veronaga qaytib, A Seriyaga yöllanma oldik. «Napoli»da ham dastlabki yil qiyin ötdi, keyin Sarri kelgaç, hammasini özgartirgan. «Çelsi»da-çi? Bu tanqidlar menga yordam berdi. Özimga aytardimki, «Bu odamlar hali uyalib qolişadi».
Endi esa, bu yerda Yevropa Ligasi va Çempionlar Ligasi kubogi bilan ötiribman. Barça tanqidçilarga bir narsa deyişim mumkin – Rahmat. Rostan ham, barçasi uçun rahmat!
Yevropa Ligasi sovrinini yutişimiz juda hayajonli bölgandi. Bokudagi mehmonxonalardan birida, hamma öz oilasi bilan bayram qildik. Bir payt oyimni yöqotib qöydim. Qarasam, dengiz va şahar körinib turgan balkonga çiqib olgandi. Tonggi soat beş, quyoş endi çiqa boşlagandi.
«Oyi, yiğlayapsanmi?» – söradim men.
«Bu şunçaki, quvonç köz yoşlari».
Şundan söng, u gapira boşladi. Qay darajaga yetib kelganim, oilam mendan faxrlanişi, Imbitubadagi bir bolakayning bu narsalarga erişişi ajoyib ekani haqida. U doim juda hissiyotli edi. Uni zörğa töxtatdim, agar davom etganida men ham yiğlab yuborardim. Rostdan ham, bularning hammasiga işoniş qiyin edi.
Çempionlar Ligasi finali kuni heç narsa yemadim. Qattiq hayajonda edim. Har soniya soatlardek ötardi. Hayotimdagi eng uzun davom etgan kun. Lekin öyin boşlanganida faqat nima qiliş kerakligini öylaysiz, tamom. Keyin Kay gol uradi, hakam final huştagini çaladi va miyada bir savol aylanadi: nimalar bölyapti?
Buni tuşuntiriş qiyin. Birdaniga bir neça hissiyotni boşdan keçirasiz. Men yiğlab yubordim. Xuddi onam kabi. Bunisi endi ortiqça... Oçiği, hammasini öylab körişga vaqt ham bölmadi keyin, çunki bizni Yevro kutib turardi.
Italiya uçun öynaş men uçun alohida tuyğu. Italiyani tanlaş qiyin bölmagan. Braziliyada orzularim amalga oşmadi, Italiya esa, u yerda tuğilmagan bölsam-da, ular uçun öynaşimni istadi. Buning ustiga, katta buvam italiyalik bölgan. Men hayotimning yarmini şu yerda ötkazganman, bu mamlakatni kundan kunga yanada yaxşi körib boryapman. Menga yordam kerak bölganida Italiya qöllaganini heç qaçon unutmayman. Nega Italiyaga yordamim kerak bölganda, rad qilişim kerak?
Xayriyatki, mundialga çiqa olmaganimizdan söng, Mançinining yordami bilan qayta oyoqqa tura oldik. Ba’zi murabbiylar futbolçilarni öz uslubi va qaraşlariga moslaştirişga urinadi, Mançini esa, öz uslubini futbolçilardan kelib çiqib tanladi. U bizning jismoniy tomondan u qadar kuçli emasligimizni sezdi, ammo köproq harakat va öyin yordamida kuçaya olişimizni köra oldi. Aytişim mumkinki, hammasi yaxşi uddalandi.
Finalda penaltini ura olişimga işonardim. Öz uslubim bor edi, töğrimi? Buni men «Napoli»da, Enrike bilan maşğulotlarda qöllay boşlagandim. Lekin Pikford meni yaxşi örgangan ekan, qoyil qoliş kerak. Butun millatga pand beriş nima ekanini tuşuntiriş qiyin. Men duo qildim faqat. Jijio meni qutqardi. Öşanda men özimni yerga taşladim. Biz Yevropa çempionimiz, işoniş qiyin.
Tabiiy, yutganimizdan söng, mening xatom mazmunini yöqotdi. Lekin, rostini aytsam, özim heç qaçon unuta olmayman. Penaltini ura olmaslik yomon, agar bu finalda sodir bölsa-çi? Işoning, kimdir bunday xatoni unutganini aytsa, yolğon.
Nima bölgandayam, juda baxtli edim. Tabiiyki, onam yana yiğladi. Albatta, hammayam orzu qiladi, lekin bu qadar uzoqlarga yetib kelişni öylamaysiz ham. Nihoyat, yetib kelganingizda, hammasi ğaroyib tuyuladi. Qayerdan kelganingiz, qanday qiyin yölni bosib ötganingiz közingiz oldidan öta boşlaydi.
Futbol lageri.
Ibodatxona.
Onaga qönğiroq.
Endi esa, Yevropa zabt etildi? Ikki marta?
Fantastika. Beçora otam. Finaldan keyin menga «Xorxe, bunday qilişga haqqing yöq, kardiologga uçraşim kerak» dedi. Umid qilamanki, u hazillaşgan. Albatta, u va onamsiz u yerda bölmas edim, tuşunaman. Balki Imbitubuga qaytib, futbolni televizorda körardim. Albatta, bu orzular yölida oxirigaça harakat qiliş hikoyasi, ammo atrofingizda siz uçun eng yaxşisini tilovçi yaxşi insonlar bölişi ham muhim. Har qanday darajada zör bölişing mumkin, lekin futbolda ham, hayotda ham yakka holda çöqqiga çiqa olmaysan. Bu imkonsiz!
Yevrodan keyingi haftalar ajoyib ötdi. Ma’lum vaqtga Veronaga bordim, özim yaşagan ibodatxonani ziyorat qildim. Afsuski, hamma ta’tilda ekan, lekin 14 yil avvalgi uyimni köriş özgaça hissiyotlarni taqdim etdi.
Söng markaziy köçaga bordim, «Makdonalds»ga kirib, sutli kokteyl sotib oldim. Ösmirlik paytida juda köp kunlarimni ötkazgan burçakdagi zinaga borib ötirdim va... şunçaki kuzatdim.
Közlarimni yumib, öşa kunlarga qaytdim. Bu xuddiki, yonimda özimning ön beş yoşdagi ösmirligimni uçratib qolgandek edi. Yonginamda ötirardi. Unga heç kim e’tibor bermas, heç kim uning uy soğinçi yoki onasi bilan telefon suhbatlarini bilmasdi ham.
U şunçaki, bir yevroga sutli kokteylni sotib olgan uyatçan va nozik bola...
Ammo men uning barça qiyinçiliklarini va oldinda kutib turgan sinovlarni bilar edim. Şuning uçun egildim-da, quloqlariga göyoki öz orzulari ketidan quvayotgan har qanday bolakayga aytişim mumkin bölgan sözlarni piçirladim: