Foto: ThePlayersTribune

«Hayotimdagi eng uzun kun. Fizioterapiya xonasida kuçli oğriq ostida yolğiz yotibman. Boşim lanj, özimni zörğa kötara olaman – hamma qani? Heç qaçon maşğulot maydonçamizni bunaqa böş körmagandim.

Şifokorlar şoşilib u yoqdan bu yoqqa yurişibdi, birortasining men bilan gaplaşgisi yöq. Tahlil natijalari tört soat içida tayyor bölişini aytişgandi. Vaqtni qanday ötkazişni bilmay, «Tottenhem» maşğulot maydoniga kelgandim, zora bu yerda yigitlar bilan gaplaşib, könglim yozilsa...

Ammo heç kim yöq. Skanerdan keyingi ikki soat bir yilga çözilgandek. Be’mani oğriq esa, tobora kuçayib bormoqda. Aqlimni bir joyga yiğib, aynan qayerim oğriyotganini anglamoqçi bölaman. Boldirim. La’nati boldirim «Everton»ga qarşi öyinda jarohatlangandi. Lekin undan ham köra yuragim köproq oğriyotgandek. Yiğlab yuboraman. Axir jahon çempionatiga atigi bir oy qoldi!

Bu mening ilk mundialim. Uni ötkazib yuborişim aslo mumkin emas.

Axir ilk muhabbatni yöqotgandan keyin qanday yaşaysiz? Buni qanday yaşab ötiş mumkin? Axir keyingi jahon çempionati endi tört yildan keyin, balki men uçun umuman kelmasligi mumkin.

Balkim meni tuşunişingiz qiyindir, axir hali yoşman, faoliyatim yomon emas, dunyoning eng katta ligasida, katta klubda öynayapman. Bir paytlar orzu qilganimdan köproq narsaga egaman. Ammo agar jahon çempionatini ötkazib yuborsam, hammasi yöqoladi. Braziliyaliklar uçun doim şunaqa.

Esimda, birinçi çaqiruvimda AQŞ va Salvadorga qarşi ikkita örtoqlik öyinida 9-raqamda maydonga tuşgandim. Ronaldo, Kareka, Reynaldo, Tostaolar kiygan raqam. Katta mas’uliyat va ulkan quvonç. Odamni tentak qiladigan hissiyot. Endi jahon çempionatida Braziliya terma jamoasining töqqizligi bölişim kerak bölganida, mana bu jarohat. Jin ursin...

Dori ta’siridanmi, tuş köryapmanmi bilmayman, maşğulot maydonidagi kimsasiz xonadan tuğilgan şahrim Nova Venetsiyaga sayohat qilaman. Hammasi yorqin, iliq, rang-barang. Ehtimol men uxlab qolgandirman, tuş körayotgandirman. Nimalar bölyapti özi? Oğriq ham ötib ketdi. Juda bir iliq tuyğu qurşab oladi. Uy tafti. Bu eng yomon kunimda birinçi marta özimni qulay his qila boşladim. Iztiroblar örnini işonç egallaydi – yöq, ey boldirim, bilib qöy, sen meni birinçi muhabbatimdan, Braziliya terma jamoasi bilan visol onlaridan mahrum qila olmaysan.

Darhol yuzimga tabassum yuguradi. Mana Letisiya. Letisiya – hayotimdagi muhim inson. Mahallamizdagi boşqalar singari u ham oddiy, kambağal oiladan. Ammo uning köpçilikdan farqi, doim özida bor narsasi bilan baham körişni yaxşi köradi. Doimgidek, bu safar guruç sotib olaylikmi yoki ijara haqini tölaylikmi, deb boş qotirib turganimizda, meni quçoqlab, mehrini beradi. Rahmat, Letisiya, seni unutmayman. Sen dunyodagi eng yaxşi insonsan.