«Haqiqiy bosim – ertaga nima yeyişingni bilmaslik». Ryudiger hayotidagi eng unutilmas onlar, «Çelsi»dagi musulmonlar va Kante haqida
|16:19 / 22.06.202231 18813 min
Antonio Ryudiger yaqinda «Çelsi»ni tark etdi va erkin agent sifatida Madridning «Real» jamoasiga kelib qöşildi. Albatta, sönggi mavsumlarda Yevropaning eng yaxşi himoyaçilaridan biri Madridda yangi sahifa oçadi, ammo undan oldin e’tiboringizga Ryudigerning Londondagi hissiyotlarini havola qilamiz. ThePlayersTribune loyihasi mehmoni bölgan futbolçi şu bahona «Çelsi» bilan xayrlaşib oldi.
«Xayrlaşişni yoqtirmayman. Lekin bu jarayon çin dildan bölişi kerak deb hisoblayman. Agar şoşilmay tursanglar, hammasini aytaman, Çempionlar ligasi finali, undan oldinroq esa futboldagi eng yoqimtoy yigit haqida hikoya qilmoqçiman. Albatta, N’Golo Kanteni nazarda tutyapman.
«Çelsi»ga kelişimdan oldin u haqida juda köp eşitganman. Har doim kulib turişini aytişgan. Haliyam Mini Cooper’da yurişi haqida eşitganman. Aytişlariça, u heç qaçon ovozini kötarib gapirmas ekan. Ammo bilamiz-ku, futbolda bunday bölişning iloji yöq, töğrimi? Haddan taşqari bosim, mağlubiyatlar domida xotirjamlikni saqlab qolişning iloji yöq. Keyin esa, N’Goloni uçratdim.
Unga hammasi yaraşadi. Hatto öşa odamlar kuladigan Mini Cooper’ning ham öz tarixi bor. Kante uçun Premer ligaga qaytiş katta orzu bölgan, Mini esa, u Angliyaga kelganda sotib olgan ilk avtomobil hisoblanadi. Demak bu şunçaki maşina emas, çuqur ma’noga ega.
Yigitlar doim uning ustidan hazil qilişadi, kulişadi, lekin işonavering, bu odam şu qadar muloyimki, doim siz eşitişni istagan sözlarni aytadi, xafa qilmaydi.
Kimdir unga «N’Golo, bilasanmi eng zör maşina qaysi? Mersedes, bro. Sen qora Mersedes haydab yurişing kerak», desa, «Ha, ok, öylab köraman, rostdan ham zör maslahat», degan javobni eşitadi.
Ammo u şunçaki, siz bilan öyin qiladi. Alaloqibat, siz yana ön yil parkovkada öşa taniş Mini’ni körasiz. Men doim odamlarga aytaman: kamtar inson bor, öta kamtar bor va Kante bor.
Albatta, bu yerda yutgan sovrinlarimning örni katta, ammo «Çelsi»ni öziga xos qilib turgan asosiy jihat – döstlik. Biz şunçaki, jamoadoşlar bölmaganmiz. Kante, Kova, Ziyoş, Lukaku – biz xuddi aka-ukalar kabimiz. Rostini aytsam, futbolda doim ham şunday bölavermaydi. Mazmunan hammasini aks ettiruvçi yagona sahna haqida söraşsa, Çempionlar ligasi finalidan keyingi yuviniş xonasidagi holatimni aytgan bölardim. Bu haqida keyinroq.
Tabiiyki, öşa mavsum men uçun ğaroyib keçgandi. Öşa finaldan bir neça oy oldin meni asosiy tarkibdan çetlatişgandi, desam işonasizmi? Sababini özim ham bilmayman. Bir kuni murabbiy menga tarkib katta ekani va boşqa futbolçilarni tanlaganini aytdi. Şundan söng köp miş-mişlar tarqadi, ijtimoiy tarmoqlarda meni haqorat qilişdi. Bu faoliyatimdagi eng oğir damlar bölsa-da, sukut saqlaşni lozim topdim, zero klubda muammolar paydo bölişini xohlamasdim.
Tasavvur qiling, öşa paytlarda menga, bir neça oy ötib «Siti»ga qarşi YeÇL finalida asosiy tarkibda bölasan, deyişganda qanday ahvolga tuşardim? Ammo agar oç bölsang, imkonsiz narsaning özi yöq.
Mavzuga oid
Yöqotadigan heç narsasi qolmagan odamdan xavflisi yöq. Tuxel kelib, menga imkoniyat taqdim etganida, boşqatdan dunyoga kelgandek böldim. Aslida u juda köp boşqa murabbiylar ham örganişi kerak bölgan işni qildi – men bilan taktika, rejalar haqida gaplaşmaydi, şunçaki söradi: «Toni, özing haqingda gapirib ber...»
U mendagi agressiya va taşnalik qayerdan paydo bölgani bilan qiziqdi, men esa, Berlin-Noykelndagi bolaligim, beton maydonlarda qanday şuğullanganim, hatto öşa paytlarda «Rembo» laqabini orttirib olganim haqida aytib berdim. U menga imkoniyat berganida, iştiyoqim şu qadar yuqori ediki, boşqa heç qaçon zaxira örindiğiga qaytmadim. Men haqimda nima deyişsa ham, bu klub uçun borimni berişim lozimligini anglab yetgandim.
Yarimfinalda «Real»ga duç kelganimizda, bizga işonişmadi. Hamma hali yoş ekanimizni aytardi. Raqib esa Madrid. Imkoniyat yöq. Ammo biz ayniqsa, «Stemford Brij»dagi öyinda juda kuçli öynadik. Haqiqiy oiladek. Yakuniy hisob 3:1 böldi, lekin bemalol 5-1 ham bölişi mumkin edi. Men uçun Çempionlar ligasi finaliga yetib keliş, ayniqsa boşimdan keçirganlarim, muxlislarsiz keçgan mavsum, pandemiya davri, hammasidan söng haqiqiy möjiza edi. Vau!
Esimda, final oldidan Portudagi mehmonxonada men, N’Golo, Zuma va Ziyoş namoz öqigani bordik. Odatda, ibodatdan söng biz biroz ötirib, çaqçaqlaşamiz. Ammo bu safar hammaning diqqati jamlangan, sokin edik. Bir-birimizga «Inşaalloh, ertaga biz çempion bölamiz», dedik va xayrli tun tilab tarqaldik. Xonamga kelganimda, telefonimga döstimdan xabar kelgandi. Video ekan. Oçsam, kutilmaganda, yaqin döstlarimdan, oila a’zolarimdan lavhalar – ular ertangi öyinga omad tilaşayotgandi. Darhol butkul xotirjam böldim. Bosim qayergadir ğoyib bölgandi. Bu video menga juda muhim narsani eslatgandi. Men tuğilgan joylarda bosimning futbolga aloqasi yöq.
Haqiqiy bosim – ertaga nima yeyişingni bilmaslik. Har doim biror muhim öyin oldidan özimda qandaydir kiçik bosim his qilsam, bolaligimdagi bir voqeani eslayman va xotirjam tortaman.
Fuqarolar uruşi tugagaç, Serra-Leonega ilk bor ota-onam bilan qaytganimda, taksida aeroportdan çiqişda tirbandlikka duç keldik. Maşina oynalaridan butun oçarçilik va qaşşoqlikni körib turardim. Erkaklar, ayollar, bolalar meva, suv, kiyim va boşqa narsalarni aeroportdan çiqqan odamlarga sotişga urinişardi. Ana şundagina men nega ota-onam Berlinda yaşagan rayonimizni «getto» deb atamasliklarini tuşunib yetdim. Ular doim u yerni «yerdagi jannat» deyişardi. Serra-Leonega kelibgina ular uçun haqiqiy qiyinçilik nima ekanini angladim.
Bir bola maşina oynasini çertib, non sotib olişimizni söradi. Körinişi juda beçorahol edi. Rad qildik. Keyingi bola yanayam qat’iyroq edi, qölidagi nonni rosa maqtay boşladi. «Rahmat, kerak emas», – dedik biz.
Keyin maşina oldiga uçinçi bola keldi va deyarli yalina boşladi. Qölidagi non şaharda eng yaxşisi ekanini aytar va uni sotib olişimizni ötinib sörardi.
Futbolda qanaqadir bosim, qiyinçilikka duç kelganimda öşa sahna yodimga tuşadi. Haqiqat şundaki, uçala bolakay ham bir xil nonni ayni novvoyxonadan olib kelib, ayni maşinalarga sotişga urinişardi. Faqat ulardan birining uyidagi stolda bir tarelka ovqat bor. Qolgan ikkisinikida esa balki şuyam yöq.
Mana bu haqiqiy bosim. Mana bu haqiqiy hayot.
Şuning uçun, rostini aytsam, Çempionlar ligasi finali oldidan men yoş boladek uxladim, ertalab esa ğoliblardek uyğondim. Ortimda butun oilam, stolimda esa ovqat, yutqazişga haqqim yöq.
Öyin juda çiroyli ötdi. Juda kuçli bölgan «Mançester Siti»ga qarşi butun oila bölib himoyalandik, qarşi hujumlar uyuştirdik. Final huştagi yangraganda, tentakka öxşab yugurib ketdim. Tuxel esa oldimga kelib, qattiq quçib oldi. Bu men uçun juda ahamiyat kasb etardi, zero yolğiz qolganimda, aynan u menga imkoniyat tuhfa etgandi.
Kiyim almaştiriş xonasiga kirganimizda, yigitlar şampan vinosi bilan bayramni boşlab yuborişdi. Islom diniga e’tiqod qiluvçi ba’zi futbolçilar şuning uçun vannaga kirib, özimizni bosişga harakat qildik. Kante, men, Ziyoş va Zuma vannaxonaga qulflanib olib, böynimizga ilingan oltin medallarga tikilar va bir-birimizga qarab boş silkitardik.
Kantening oğzi quloğida edi.
«Qoyil-ye, biz buni uddaladik», – dedi u va kulib yubordi.
U kulganida siz beğubor quvonçni his qilmay qolmaysiz. Törtovlon xuddi yoş bolalardek qiqirlab kula boşladik. Bu onni heç qaçon unutmayman.
Axir qarang, hayotimda hamma narsani kördim: qaşşoqlik, diskriminatsiya, qöpollik, şubhalar, tanqidlar, haqoratlar. Tarkibdan butunlay çetda qoliş bilan Çempionlar ligasidagi ğalaba orasi atigi bir neça oy. Qayerlarda tuğilganimni e’tiborga olsak, men uçun bu yanayam kattaroq ğalaba. Lekin boşqa tarafdan, tarkibimizga qarang, mendaylar juda köp. Yigitlar içida aynan şu taqdirdan kelganlar yetarliça topiladi. Va biz çempionmiz.
Klubni tark etişim oğir bölyapti. Men uçun «Çelsi» butun hayotimga aylangandi. Hatto juda qiyinçilikda ötgan oxirgi mavsumda ham iliq xotiralar köp. Axir bu futbol. Biz şundoq ham bepul öynaşimiz mumkin bölgan öyinning içida yaşayapmiz. Qanaqadir moliyaviy çeklovlar, ba’zi öyinlarga avtobus yoki kiçikroq samolyotda boriş kerakligini aytişganda, kulgi bilan qabul qilardik: ehhe, avtobus, kiçikroq samolyot deysizlarmi? Bu qanaqasi-ya? Nimalar bölyapti?
Qöysanglar-çi! Qayerlarda ulğayganimni bilasizlar-ku, töğrimi? U yerlarda kiçik samolyotda faqat boylar uçadi, Mançestergaça avtobus mazza bölardi judayam...
Afsuski, yangi şartnoma böyiça muzokaralarimiz qiyinlaşib ketdi. Pul öz yöliga, ammo avgustdan yanvargaça heç qanday yangilik bölmasa, vaziyat oğirlaşadi. Dastlabki taklifdan söng, uzoq tanaffus böldi. Axir biz robot emasmiz, töğrimi? Kelajaging haqida işonç bölmay turib, uzoq vaqt kutiş qiyin. Tabiiyki, sanksiyalarni oldindan biliş qiyin edi, ammo boşqa katta klublar ham qiziqiş bildirişni boşlaşganda, qaror qabul qilişim şart edi. Şu yerda töxtayman, çunki işning biznes tarafidan boşqa, klub haqida birorta yomon söz ayta olmayman.
«Çelsi» doim qalbimda qoladi. London har doim mening uyim. Bu yerga bir özim keldim, rafiqam va ikki şirin farzandim bilan tark etyapman. Bu yerda butun umrlik birodarimni topdim – Kovaçiç. Menda Angliya kubogi, Yevropa ligasi va Çempionlar ligasi sovrinlari bor. Albatta, umrimning oxirigaça yetadigan yuzlab şirin xotiralar.
2019 yil edi, «Etihad»da «Siti»ga 0:6 hisobida yutqazib qöydik. Rostini aytsam, ular bizni deyarli öldirib qöyişdi. Noqulay edi. Öyin tugagaç, stadionga taşrif buyurgan «Çelsi» işqibozlari oldiga borib, uzr söramoqçi böldik. Tabiiyki, huştak çalişlarini kutgandim. Ammo ular örnidan turib qarsak çalişardi. Eng yomon kunlarda ham bizning himoyaçimiz edilar.
Qoyil.
Men qöllarimni kötarib, uzr işorasini qildim. Yaqinroq kelganimda, old qatordagi yigitlardan biri haqorat qila boşladi. Közimga tik qarab turgandi. Bilasizmi, men köp haqorat eşitganman, lekin bunisi boşqaça ta’sir qildi. Şaxsiyatga öta boşlagandi. Men unga «agar gaping bölsa, pastga tuş, gaplaşamiz», dedim.
Tabiiyki, u bir qadam ham oldinga taşlamadi. Ammo baqirişdan töxtadi. Qiziği, uning atrofida turgan işqibozlar tanbeh bera boşlaşdi: «Ey, nima qilyapsan? U keçirim söraş uçun oldimizga keldi. Senga nima böldi?»
Muxlislar ismimni aytib hayqira boşlaşdi – «Rudi! Rudi! Rudi!»
Dahşat. Biz olti-yu nolga yutqazdik, ular esa, nafratga qarşi bizni himoya qilişardi. Men buni unuta olmayman. Heç qaçon.
Albatta, futbol olamida nafrat köp. Bu fakt. Bundan badtarlarini ham körganman. Ammo quvonç köproq. «Çelsi»da men har ikki çegaraga borib keldim. Ha, haqoratlarni eşitdim. Ammo muhabbatni ham his qildim.