Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Marsni o‘zlashtirish qanchaga tushishini aytdi
Hozirda biznesmen Qizil sayyorani o‘zlashtirish loyihasini arzonlashtirish yo‘llarini izlamoqda.
Foto: AP
SpaceX rahbari Ilon Mask hozirgi sharoitda odamlarni Marsga jo‘natish bir trillion dollarga tushishini aytdi.
"Marsni o‘zlashtira olmaymiz, chunki hozircha bu juda qimmatga tushadi. Hozirda odamlarni Marsga jo‘natish bir trillion dollarni tashkil etadi. Gap shundaki, bitta raketa yetarli emas, odamlarga tibbiy jihozlar, kommunikatsiya vositalari zarur bo‘ladi", – dedi u.
Mask shuningdek, Marsda quyosh energiyasidan foydalanadigan yerosti gidroponik fermalari bo‘lgan shaharlar qurmoqchiligini aytdi. Bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun sharoit yaratadi.
U odamlarni besh-o‘n yil ichida Marsga jo‘natishni rejalashtirganini bildirdi.
Hozirda u Qizil sayyoraga odamlar va yuklarni yetkazishni arzonlashtirish yo‘llarini izlamoqda.
Mavzuga oid
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
07:33 / 23.02.2026
Mask Oyda elektromagnit katapulta qurmoqchi
18:57 / 09.02.2026