Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri endilikda Voleybol federatsiyasini ham boshqaradi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov endilikda Voleybol federatsiyasini ham boshqaradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 4 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston Voleybol federatsiyaga rahbar saylash masalasi ham ko‘rib chiqilgan.
Unda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi rahbari lavozimiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov nomzodi ilgari surilib, bir ovozdan ma’qullangan.
«Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi. Vazirlik jamoasi Abduqodir Hamidovichni mazkur mas’uliyatli lavozim bilan qutlab, yurtimizda voleybol sport turini rivojlantirish va uni yoshlar orasida keng ommalashtirishdagi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi», – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Voleybol federatsiyasi raisi lavozimi o‘rni uning avvalgi raisi, sobiq jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevning 2021 yil 29 yanvar kuni vazirlikdan ketishi ortidan bo‘sh qolayotgandi.
Mavzuga oid
23:20 / 30.08.2024
Tarixdagi eng baland bo‘yli paralimpiadachi Parijda ham oltin medalni qo‘lga kiritish niyatida
10:40 / 14.03.2024
Toshkentda voleybol bo‘yicha shahar IIBB boshlig‘i kubogi o‘tkazilmoqda
16:03 / 16.11.2023
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun musobaqa o‘tkaziladi
16:34 / 01.11.2023