Quyidagilar voleybol, sohil voleyboli va paravoleybol sport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
voleybol sport turlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish orqali yoshlarni sport klublari, sport maktablarining seksiyalari va to‘garaklariga kengroq jalb etish;
iqtidorli sportchilar, shu jumladan sportchi-ayollarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning barcha bosqichlarini raqamlashtirish orqali ushbu yo‘nalishda sportchilar tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan professional va oliy ta’lim muassasalarida sport maktablari va sport klublarining trenerlarini jalb etish orqali voleybol sport turlari bo‘yicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etish;
voleybol sport turlari bo‘yicha professional trenerlar va hakamlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, voleybol sport turlariga o‘qitishning zamonaviy metodikalariga qaratilgan ilmiy-uslubiy va o‘quv-adabiyotlar bilan ta’minlash hamda tibbiy xizmatni rivojlantirish;
Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB), Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) va Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA) bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda ularning boshqaruviga o‘zbekistonlik mutaxassislar kiritilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
voleybol sport turlari bo‘yicha zamonaviy sport majmualarini barpo etish, mavjud moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash;
ommaviy axborot vositalarida sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi va bolalarni barkamol inson etib tarbiyalashga xizmat qiladigan sport turi sifatida voleybol sport turlarini targ‘ib qilish.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston voleybol federatsiyasining 2024 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda:
oliy ta’lim muassasalar talabalari, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Volleyball stars O‘zbekiston kubogi;
voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turniri;















