Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Milliy energoxolding rahbari Xorazm viloyatida bo‘ldi
Qirg‘iziston Respublikasi Milliy energoxolding boshqaruvi raisi Talaybek Baygaziyev Xorazm viloyatida bo‘lib, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) bilan tanishdi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov unga sohada olib borilayotgan islohotlar, xususan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) haqida ma’lumot berdi.
Mehmonlar «Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi»da bo‘lib, ish jarayonini kuzatishdi. Ular viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, maxsus dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balansini shaklllantirish, ko‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, qarzdor iste’molchilarni to‘liq avtomatik ravishda o‘chirish va sarf qilingan elektr energiyasi uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng qayta yoqish, masofadan turib elektr hisoblagichlarni qayta dasturlash, iste’molchilar hisoblagichlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash hamda energetika tizimini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshirilishini o‘rganishdi.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026