17:00 / 04.02.2022
9185
Reklama

UI/UX testi: mobil ilovaning sifatini va salohiyatini oshirish

Foto: Anorbank

Bugungi kunda yangi bank ilovasi bilan bozorga muvaffaqiyatli kirish unchalik oson emas, chunki oddiy ilova bilan hech kimni hayron qoldirib bo‘lmaydi. Mijozlar istaydigan, ular ishlatishiga arziydigan mahsulotni yaratish uchun mijozlarning ehtiyojlariga tayanish kerak. Shuning uchun ANORBANK doimo o‘z ilovasini yaxshilash ustida ishlaydi.

“Bizning asosiy yutuqlarimizdan biri bu bank mahsulotlari o‘z mutaxassislarimiz tomonidan ishlab chiqilganligidir. Ilovani ishlab chiqishda 100 dan ortiq IT-mutaxassislar, dasturchilar, testchilar, marketolog va tahlilchilar ishtirok etdi. Maqsadimiz – dasturni iloji boricha tezroq yaratish edi. Shuning uchun kecha-yu kunduz bu borada ishladik", - deydi boshqaruv raisi o‘rinbosari Zohid Alimov.

Ilovani ishlab chiqish - bu yaxshi mahsulotni yaratish yo‘lining boshlanishi, uni doimo takomillashtirish va yuqori o‘rinda ushlab turish muhimdir. ANORBANK mutaxassislari mavjud noqulayliklarni topish va bartaraf etish uchun UI/UX testlari orqali tadqiqot o‘tkazishdi. Ilova bilan ishlashda foydalanuvchilar xatti-harakatlarini tahlil qilish uchun bir guruh respondentlar taklif qilindi. Shuningdek ilovani ishlatish qulayligi ham o‘rganildi.

Ma’lumot uchun: UI va UX sifatli veb-sayt va mobil ilovaning asosidir va savdoni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. UI – bu foydalanuvchi va ilova o‘rtasida o‘zaro tushunish va bog‘liqlikni loyihalash. UI- foydalanuvchi tomonidan mahsulot yoki ilovadan foydalanishning butun tajribasini qamrab oladi.

Bundan tashqari, ushbu test foydalanuvchining tizim bilan o‘zaro munosabatini tushunishga yordam berdi. Masalan, tugmani qayerga joylashtirish ma’qulroq yoki foydalanuvchi ilova ichida ma’lum bir mahsulotni qanday qidirmoqda. 

“Ilovani ishlab chiqishda dasturiy ta’minotdan foydalanish qulayligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu tushunarli bo‘lishi va foydalanuvchilarga yangi funksiyalarga ko‘nikish imkonini berishi kerak. IT-sohasida mahsulotlar chiqarilishi xatolarga olib kelishini tushunamiz. Mijozlarimiz xotirjam bo‘lishlari mumkin, chunki biz bunday xatolarni darhol to‘g‘rilaymiz", - deya ta’kidladi boshqaruv raisi o‘rinbosari Nuriddin Hamidov. 

Sinov natijasida noqulayliklar bartaraf etildi va ilovaning ishlashi yaxshilandi. Ilovamiz foydalanuvchilari endi yanada qulaylik bilan kartadan kartaga 5 million so‘mgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalarini foizsiz amalga oshirishlari mumkin (ANORBANK karta egalari uchun cheksiz).

Ilovani yuklab olish uchun havola:
play.google.com

apps.apple.com

Yoki 1290 raqamidagi aloqa markazimizga murojaat qiling

Sayt: anorbank.uz

Reklama huquqi asosida

Top