Sport | 16:48 / 05.02.2022
13843
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyalik 49 yoshli konkichi ayol Olimpiadada qatnashib, rekord o‘rnatdi

Klaudiya Pexshtayn faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiadada qatnashmoqda. U besh marta oltin, ikki martada kumush va bronza medallari sovrindori bo‘lgan.

Foto: RIA Novosti

Germaniyalik konkichi Klaudiya Pexshtayn Pekindagi qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan eng yoshi ulug‘ ayolga aylandi.

3000 metrga konkida yugurish musobaqalarida qatnashgan 49 yoshli Pexshtayn hozircha oxirgi o‘rinni egalladi, ammo mass-start musobaqalarida ham ishtirok etadi.

Pexshtayn faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiadada qatnashmoqda. U O‘yinlarda besh marta oltin, ikki martada kumush va bronza medallari sovrindori bo‘lgan.

Qishki Olimpiada 4 fevral kuni boshlandi va 20 fevralgacha davom etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid