Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jamoat transporti harakatidagi oraliq vaqt ikki barobarga kamaytiriladi
“Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar jamoat transporti sohasida xususiy sektor ulushi 2 barobarga oshiriladi.
Velosipedlarni ijaraga berish va ular uchun maxsus turar joylar tashkil etiladi hamda “aqlli chorraha”, “aqlli avtobus” va “aqlli bekat” tizimlari joriy etiladi.
Jamoat transporti harakat tarkibi zamonaviy, ekologik toza avtobuslar, jumladan elektrobuslar bilan yangilanadi.
Qaror bilan Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Jamoat transportini 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida:
- yo‘lovchi tashishlar hajmida jamoat transportining ulushi 21 foizdan 43 foizga oshiriladi;
- jamoat transportida kunlik yo‘lovchi tashish hajmi 2,7 million yo‘lovchiga yetkaziladi;
- jamoat transportining harakatlanishidagi oraliq vaqti ikki barobarga kamaytiriladi;
- 1 063 ta avtobus, 673 ta elektrobus xarid qilinadi.
2023 yil 1 yanvardan “bosib o‘tilgan yo‘l”, “yo‘lovchi oqimi” va “sifat” mezonlari bo‘yicha moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026