Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda avtomaktab o‘rgatuvchisi fuqaroga o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘ldi
Foto: Prokuratura departamenti
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqaroga o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan usta ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan IIV bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Avtomotohavaskorlar” UK Nukus filiali o‘rgatuvchi ustasi O.B., fuqaro D.ning ishonchiga kirib, unga filialda o‘qimagan bo‘lsa-da, o‘qigani haqida ma’lumotnoma bergani aniqlangan.
O‘rgatuvchi usta fuqaroni imtihonlardan o‘tkazib qo‘yish orqali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 2,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Oldinroq Qoraqalpog‘istonda IIV xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
10:46 / 16.02.2026
Haydovchilik guvohnomasi va’dasi: 16 mln so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
09:18 / 30.01.2026
1 fevraldan ayrim yoshlarga haydovchilik o‘quv kursi uchun subsidiya beriladi
11:42 / 28.01.2026