Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi Kasbi tumani hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
Avvalroq tuman hokimining ikki nafar o‘rinbosari tumandagi ikkita mahallaga hokim yordamchisi bo‘lib o‘tgandi.
Kasbi tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Tursunov Turop Hamrayevich —Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Eshonqulov Bekzod Arabboyevich — tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
Yusupov Fazliddin Ruyiddinovich —Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i - hokim o‘rinbosari etib tayinlangan.
Ma’lum qilinishicha, Kasbi tumani Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi rahbari - hokim o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan N.Aminov tumandagi mahallalardan biriga hokim yordamchisi lavozimiga o‘tgani sababli hozirda ushbu lavozim vakant bo‘lib turibdi. Yaqin vaqtlarda mazkur bo‘limga yangi o‘rinbosar tayinlanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, oldinroq Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari - hokim o‘rinbosari T.Qanoatov ham o‘z tashabbusi bilan mahallalardan biriga hokim yordamchisi vazifasiga o‘tgan edi.
Mavzuga oid
18:41 / 03.09.2025
Kasbi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassisi “kasbini o‘zgartirdi”: u tovlamachilik qilayotganda ushlandi
12:42 / 02.02.2024
Qashqadaryoda kanal qirg‘og‘ini rekonstruksiya qilish vaqtida 150 ta daraxt qo‘porib tashlandi
17:28 / 24.01.2023
Qashqadaryoda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
20:28 / 19.10.2022