Qashqadaryoda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Vafot etganlar bir oila a’zolari – er-xotin va ularning farzandlari bo‘lgan.

Foto: KUN.UZ
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.
Hodisa 2023 yil 23 yanvar kuni Kasbi tumani Qamashi qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Qamashi qishlog‘ida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan tabiiy gaz yonishi natijasida hosil bo‘lgan is gazi dudburon orqali xona ichiga sizib chiqqan.
Oqibatda xonada uxlab yotgan 1992 yilda tug‘ilgan oila boshlig‘i D.L., uning 1995 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i D.Q., 2018 va 2020 yilda tug‘ilgan ikki nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Qayd etilishicha, marhumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hodisa yuzasidan Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 2023 yil 18 yanvar kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida oila qurganiga bir oy ham bo‘lmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
-
Havo harorati qanday o‘lchanadi? Toshkent observatoriyasidan reportaj
O‘zbekiston | 16:01
Mavzuga oid

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

15:31 / 20.06.2025
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi

15:13 / 20.06.2025