Qaşqadaryo viloyati ekologiya boşqarmasi tomonidan Kasbi tumanida navbatdagi reyd tadbirlari ötkazildi. Bu haqda boşqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Reyd davomida Töpalang HPD Holding MÇJ mas’ullari tomonidan Denov—Novqat kanalini rekonstruksiya qiliş jarayonida kanal qirğoğiga ekilgan jami 150 ta daraxt ildizi bilan qöporilgani aniqlangan. Bu bilan «Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmon talablari buzilgan.

Daraxtlarni kesiş yoki köçirib ötqaziş böyiça amaldagi tartiblarga rioya etilmagan va murojaat qilinmagan.

Daraxtlar kesilişi natijasida ösimlik dunyosiga 1 milliard 165 million 350 ming söm zarar yetkazilgan.

Foto: Qaşqadaryo viloyati ekologiya boşqarmasi
Foto: Qaşqadaryo viloyati ekologiya boşqarmasi

Hujjatlar yetkazilgan zararni undiriş hamda aybdorlarga qonuniy çora köriş maqsadida Qaşqadaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.