Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ijara uy topishga qiynalayotgan talabalarga mahalla raislari va profilaktika inspektorlari ko‘maklashadi
Talabalarning doimiy yashash hududidan ta’lim muassasalariga istalgan vaqtda yetib kelishlarini muvofiqlashtirish maqsadida talabalar turar joylarida tyutorlar jamoasidan iborat 24 soatlik navbatchilik tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati Kun.uz'ga xabar qildi.
"Bundan tashqari talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish sektori tomonidan ijara uy topishga qiynalayotgan talabalar muammolarini bartaraf qilish uchun mahalla raislari va IIB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Bugungi kunga kelib, hududlardan 36 738 nafar talaba Toshkent shahriga yetib kelgan. Ularning 10 032 nafari oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylariga, 18 204 nafari ijara xonadonlariga, 8 502 nafari yaqin qarindoshlarinikiga joylashgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 7 fevraldan boshlab barcha ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026